Pereferik ko‘rish. Inson hayoti va faoliyatida, uning borliq olamda zo‘zini – o‘zi idora
qilishi uchun pereferik ko‘rishning ahamiyati beqiyos ekanligi tahlil etiladi. Ko‘z to‘rlarining qaysi
elementlari pereferik ko‘rish funksiyasini bajarishi masalasi oydinlashtiriladi. Shundan so‘ng talabalar
ko‘rish maydoni yoki e’tibor markazi tushunchasiga ta’rif beradilar, me’yoriy ko‘rish maydonining oq
rangga, rangli ob’ektlarga (qizil, yashil, ko‘k) ranglarga nisbatan chizxmasini tahlil qiladilar. Nazorat
usuli hamda perimetr usuli bilan bir-birlarining ko‘rish maydonlarini aniqlaydilar. Bunda
ularperimetrning yorug‘lik manbasiga, bemorga, vrachga nisbatan joylashuviga, hamda perimetrda
foydalanilayotgan ob’ektining haxmiga asosiy e’tiborni qaratadilar.
Ranglani ajratish – bu rangli spektrni farqlash. Bu faoliyatni tekshirish uchun Rabkin jadvali
ishlatiladi.
Yorug‘likni his qilish – bu ko‘ruv analizatorni yorug‘likni sezish va uni darajalarni aniqlash.
Binokular ko‘rish – bu bir paytning o‘zida har ikala ko‘z bilan ko‘ra olish qobiliyatidir, u tufayli
inson atrofdagi, olamni uch o‘lchamda ko‘ra oladi
KO‘RISH ORGANLARINI TEKSHIRISH USULLARI. KASALLIK TARIXINI
SXEMASI.
Ko‘z va uni vazifalari tekshirish:
1. Bemor shikoyatlari.
2. Kasallik anamnezi, xayot anamnezi, epidimiologik va allergik anamnez; bunda surunkali kasalliklarga,
nasliyligiga, xamrox kasalliklarga, shuningdek,
A) kachon kasallangan va agar ikala ko‘zi kasal bo‘lsa, qaysi ko‘zi oldin kasallangan.
B) kasallik boshlanishi
V) davolanganmi yoki yo‘kmi, agar operatsiya bulgan bulsa, qachon, qanaka operatsiya.
Ko‘ruv organi tekshirish usullari:
- qovoqni, shillik pardani, ko‘z yosh yo‘llarni ko`rie;
- ko‘z olmasini ko`rish, uni shaklini, kata-kichikligi, ko‘z kosasida joylanishi
- ko‘z ichki bosimini palpator va tanometr orkali iekshirish
- yon tomonidan yoritilgan holatdan ko‘zdan kechirish usuli
- o‘tuvchan yorug‘likni usuli Bilan tekshirish
- oftalmoskopiya
- refraktometr, oftalmometr, щelevoy lampa bilan va boshka tekshiruv.