Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat


VI. TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA



Yüklə 407 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix24.09.2022
ölçüsü407 Kb.
#64069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 kurs ishlab chiqarish amaliyoti dasturi ўзбек 22 12 2021

 
VI. TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA 
HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI 


10 
Ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan hisobot har bir bo‘lim va sho‘ba bo‘yicha 
alohida tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi 
kerak: 
̶ har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amaliyot yuzasidan amalga 
oshirilgan ishlarni; 
̶ moliya bo‘limida foydalaniladigan dasturlar bilan tanishib chiqqanligini
̶ amaliyot obyektidagi ish yuritish hujjatlari hamda ularning turlari bo‘yicha 
tavsifini. 
Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan 
hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati 
bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin. Hisobotda o‘rganilishi 
lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan 
hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida 
buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda moliya bo‘limidagi 
amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan 
har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi 
lozim. 
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali 
talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning 
dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi 
alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash kredit-modul tizimining 100 
ballik mezonida amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli 
tartibda rasmiylashtiriladi. 
2 –jadval.
 

Yüklə 407 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin