bo‘ladi. Boisi, oxirgi yillarda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, birinchidan, samarasi
yuqoriroq; ikkinchidan, ichishga qulay va o‘ng‘ay. U tabletkada 5 mg, 10 mg, 20
mg va 40 mg dan chiqadi va demak, turli kerakli miqdorlarni tanlab olishda katta
yengillik yaratadi.
Aminoxinolinli birikmalar/birlashmalar, kuchsiz immunodepressiv ta’sir
ko‘rsatishadi, kasallikni latent va cho‘zilib kechishida buyuriladi. Quyidagi
turlaridan foydalaniladi: delagil 0,25 g yoki ilakvenil 0,2 g dan 2 maxal kuniga bir
oy davomida, so‘ngra delagil 1 tabletkadan tunga, plakvenil-1 tabletkadan 2 maxal
kuniga uzoq vaqt mobaynida, to 8-12 oygacha buyuriladi.
Metabolik terapiya tarkibida vitamin S katta miqdori (sutkasiga to 1 g
gacha 1-1,5 oy davomida), tiotriozolin (2,5%-2,0 ml to 8 ml gacha sutkasiga, m/o ga
yoki 200 mg dan tabletka xolida 3 maxal sutkasiga ichish uchun), trimekor MR
(trimetazidin, preduktal -MV) 35 mg dan 2 maxal kuniga ichish uchun buyuriladi.
Karditda va yurak nuqsonlari rivojlanganda, yurak yetishmovchiligini
davolash uchun diuretiklar (furosemid, indapamid, indafon, kaliysaqlovchi
diuretiklar-snironolakton), β-adrenoblokatorlar (metoprolol, bisoprolol, jmkor,
karvedilol) va yurak glikozidlari qo‘llaniladi. Nosteroidli yallig‘lanishga qarshi
preparatlar ishlatilganda APF ingibitorlarini samarasi bo‘shashadi.
Dostları ilə paylaş: