O‘tkir revmatik isitma


Revmatik isitmani tasnifi



Yüklə 174,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.10.2022
ölçüsü174,9 Kb.
#64675
1   2   3   4   5   6   7
№1 O‘tkir revmatik isitma. Qo\'shma yurak nuqsonlari. Qo\'shma aortal, trikuspidal nuqsonlar.

Revmatik isitmani tasnifi 
(Rossiya revmatologlari uyushmasi, 2003) 
I. Klinik shakllari: 
O‘tkir revmatik isitma 
Takroriy revmatik isitma 
II. Klinik ko‘rinishlari: 
A. Asosiylari: kardit, artrit, xoreya, uzuksimon eritema, revmatik tugunchalar. 
B. Qo‘shimchalari: isitma, artralgiya, abdominal sindrom, serozitlar. 
III. Oqibatlari: 
A. Tuzalish 
B. Yurakni surunkali revmatik kasalligi 
-yurak nuqsonsiz 
-yurak nuqsoni bilan. 
IV. Qon aylanishi yetishmovchiligi (SYuE): 
A. N.D.Strajesko va V.X.Vasilenko tasnifi bo‘yicha (bosqichlari O,I, II A, II B, III). 
B NYNA tasnifi bo‘yicha (I,II,III,IV funksional sinflar). 
Klinik manzarasi 
Kasallik anginadan keyin 2-3 xafta o‘tib kelib chiqadi, isitmani ko‘tarilishi va 
yirik kelib bo‘g‘inlarda (tizzalarda, boldir-tovon, yetlkalar) ko‘chuvchan xarakterli 
og‘riqlar bilan boshlanadi, oligoartrit xamda xansirash, yurak o‘ynog‘i va yurak 
soxasida og‘riqlar shaklida kardit alomatlari rivojlanadi. Kardit 25-40% xolatlarda 
yurak nuqsonlarini (poroklarni), eng ko‘p mitral, kamroq aortal yoki 
kombinatsiyalangan mitro-aortal nuqsonni, shakllantirish bilan kechadi. Yurakda 
shovqin paydo bo‘ladi, masalan mitral yetishmovchilikda sistolik shovqin. Ayrim 
xolatlarda perikardit rivojlanadi. 
Xoreya giperkinezlar va mushak gipotoniyasi xamda jizzakilik, yig‘loqilik 
ko‘rinishidagi ruxiy-emotsional buzilishlar bilan ifodalanadi. 


Uzuksimon (xalqasimon, anmulyar) eritma 10-15% bolalarda och pushti 
rangdagi diametri to 5-10 sm gacha bo‘lgan xalqasimon toshmalar shaklida kelib 
chiqadi. Ular tanada, oyoq va qo‘llarda joylashadi, ko‘chib yurish xususiyatiga ega 
bo‘ladi, teri satxidan ko‘tarilmaydi, induratsiya yoki qichishish bilan ifodalanmaydi, 
pigmentatsiya va qipiqlanish xamda atrofik o‘zgarishlarsiz, ya’ni qoldiq 
elementlarsiz tez o‘tib ketadi. Og‘riqli teri osti revmatik tugunchalari juda kam (1-
3%) kelib chiqadi. Ushbu dumaloq, kam xarakatchan, turli xajmda ifodalanuvchi 
xosila bo‘g‘imlarni tashqi yuzasida, to‘piqda, axilla paylarida va umurtqa pog‘onasi 
to‘siqlari ustida joylashadi. Aniqlanish muddati 2-4 xaftadan oshmaydi va yana bir 
jixati-iz qoldirmay yo‘qolib ketadi. 
Amerika kardioglari uyushmasi (1992), BJSST (2002-2003) tomonidan 
qayta ko‘rib chiqilgan va Rossiya revmatologlari uyushmasi tomonidan 
modifitsirlangan (2003) Ksel-Jonsning 

Yüklə 174,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin