Nomedikamentozli davolash ko‘rpa-to‘shak rejimiga rioya qilishni ko‘zda
tutadi: og‘ir karditda-2-3 xafta, o‘rtacha og‘ir kechishda -10 kun, yengil kechishda-
5 kun. Osh tuzi chegaralangan parxez. Allergizirlovchi
maxsulotlar man qilinadi
yoki mumkin emas (sitrusli, asal, shokolad, kofe, qulupnoy).
Antibakterial terapiya: Benzillenitsillin 10
kun davomida kattalr va
o‘smirlarda -500000-1000000 YeD dan 4 maxal sutkasiga m/o, bolalarda-100000-
150000 YeD dan 4 maxal sutkasiga m/o. Keyingalik prolongirlangan ta’sirga ega
bo‘lgan penitsillinlarni qo‘llashga, ikkilamchi
profilaktika tartibida, o‘tiladi.
Mobodo pensillinlarni ko‘taraolmaslik xolati bo‘lsa,
yoki unga duch kelinsa,
makrolidlar yoxud linkozamidlar qo‘laniladilar.
Nosteroidli yallig‘lanishga qarshi preparatlar kuchsiz ifodalangan karditda,
revmatik artritda, jarayonni minimal faolligida (EChT<30 mm/soat), yuqori faollik
o‘tib ketganidan keyin va glyukokortikoidlar to‘xtatilganidan so‘ng buyuriladilar.
Diklofenak natrit kattalar va o‘smirlarga 25-50 mg dan 3 maxal sutkasiga, bolalarga
0,7-1,0 mg/kg dan 3 maxal sutkasiga to yallig‘lanish faolligini ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkichlar me’yoriga qaytgunigacha muddatda (o‘rtacha 1,5-2 oy mobaynida,
goxida to 3-5 oygacha) buyuriladi.
Oxirgi paytlarda ushbu gurux orasida
30>
Dostları ilə paylaş: