Birlamchi profilaktikaning asosi bo‘lib A guruxidagi R-gemolitik
streptokokk bilan chaqirilgan yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va retsidivirlanuvchi
surunkali infeksiyalarini (tonzillit va faringit) antimikrob terapiyasi xisoblanadi.
Birinchi qator dori vositalari β-laktam antibiotiklar:
Bitsillin m/o bir martaga 2,4 mln YeD kattalarga, bolalarga tana vazni < 25
kg bo‘lganda -600000 YeD, tana vazni > 25 kg bo‘lgan bolalarga-1,2 mln YeD.
Ditsillin m/o albatta buyurilishi kerak bo‘lgan vaziyatlar:
shifokor tayinlagan
tavsiyalarni bemor tomonidan bajarilishiga shubxa tug‘ilishda yoki uyushgan
jamoalarda ushbu infeksiyani ommaviy ko‘rinishlarini aniqlanishi (xarbiy qismlar,
maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari).
Amoksitsillin ichish uchun 10 kun davomida, kattalarga 0,5 g dan sutkasiga
uch maxal, bolalarga -0,25 g dan sutkasiga uch maxal buyuriladi.
Fenoksimetilpenitsillin ichish uchun ovqatga 0,5 g dan sutkasiga 3 maxal,
bolalarga tana vazni 25 kg gacha bo‘lsa-0,125 g dan 3 maxal sutkasiga, tana vazni >
25 kg bo‘lgan bolalarga -0,25 g dan 3 maxal sutkasiga qo‘llaniladi.
Preparat
suspenziya xolida chaqaloq yoshida bo‘lgan bolalarga buyuriladi.
Alternativ dori vositalari (β- laktam antibiotiklarni ko‘tara olmaslik
xolatlarida buyuriladi):
Azitromitsin ichish uchun ovqatdan 1 soat ilgari 5 kun davomida kattalarga
0,5 g dan bir maxalga 1-chi sutkada, so‘ngra 0,25 g dan sutkasiga kelgusi 4 kun
davomida beriladi; bolalarga bo‘lsa 12 mg/kg/sutkasiga miqdorda bitta qilib (1
marta) ichish tavsiya qilinadi.
Zaxira preparatlar (β- laktamlar va makrolidlarni ko‘tara olmaslikda
qo‘llaniladilar):
Linkomitsin ichish uchun ovqatdan 1-2 soat ilgari 10
kun davomida
kattalarga 0,5 g dan 3 maxal kuniga, bolalarga 30 mg/kg/sutkasiga 3 maxal qabul
qilishga buyuriladi.
Klindamitsin ichish uchun (1 stakan suvda ichiladi) 10 kun davomida,
kattalrga 0,15 g dan 4 maxal kuniga, bolalarga 20 mg/kg/sutkasiga 3 martada qabul
qilishga tavsiya etiladi.
Mikro florasiga turg‘unlik bo‘lganda va surunkali faringit xamda tonzillitda
kuyidagilar qo‘llaniladi:
Amoksitsillin/klavulan kislota ichish uchun 10
kun davomida kattalarga
0,625 g dan 3 maxal sutkasiga, bolalarga 40 mg/kg/sutkasiga 3
ta marta qabul
qilishga buyuriladi.
Sefuroksim ichish uchun (ovqatdan keyin darxol) 10 kun davomida kattalrga
0,25 g dan 2 maxal sutkasiga, bolalarga 20 mg/kg/sutkasiga 2 maxalda ichish tavsiya
etiladi.
Dostları ilə paylaş: