bajaruvchi qo‘shimcha turlar sifatida foydalaniladi. Musobaqa mashqlari sport mashg‘ulotida
muhim o‘rin tutadi, chunki mazkur sport turi sportchiga qo‘yadigan talablar majmuini tiklashga
yordam beradi, bu yesa maxsus tayyorgarlikni rivojlantiradi. Shu bilan birga mashg‘ulot
paytidagi musobaqa mashqlarining hajmi mashq jarayonining umumiy hajmiga qaraganda
uncha katta bo‘lmaydi. Buni ikki holat bilan tushuntirish mumkin :
-
musobaqa mashqlari tanada vujudga keltirgan funksional siljishlarning ko‘pligi;
-
mahsus tayyorgarliksiz ya’ni natijalarni sifat va miqdor jihatidan o‘zgartirmay turib
ularni tez-tez qaytarish maqsadga muvofiq yemasligi.
Musobaqa mashqlari mashg‘ulot paytida, musobaqa sharoitida mavjud bo‘lgan turdan bir
oz og‘ish bilan bajariladi. Bir xil hollarda og‘ish o‘rganilgan musobaqa harakatlarini
yahshilash zarurati munosabati bilan yuzaga kelsa, boshqa holatda oldinda turgan
musobaqalarda bo‘ladigan harakatlarning barcha xususiyatlarning to‘la bajararish imkoniyatida
bo‘lmagan mashg‘ulot sharoitida ro‘y beradi. Bu yakka kurash va sport o‘yinlari turlariga
tegishlidir. Bu turlardagi musoba mashg‘ulotlarining mashg‘ulot shakllari yaxshi natija berishi
bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: