Sport mashg‘ulotida qo‘llaniladigan usullar didaktik (umumpedagogik) va an’anaviy
(sport pedagogikasida qo‘llaniladigan) kabilarga bo‘linadi. Ko‘z mo‘ljali.
Bu usullar harakatni
masofa va vaqt nuqtai nazaridan to‘g‘ribajarishga yordam beradi. Mo‘ljal uchun maxsus belgi
va ashyolardan foydalaniladi. Masalan:
Uzunlikka sakrashda tezlanish chiziq belgisi.
-Tegishli balandlikka osilgan bayroqcha snaryadni uloqtirish yo‘nalishini belgilashga
yordamlashadi.
-Mashq devoridagi futbol darvozasi tasvirini ko‘rsatuvchi chiziqlar va x.k.
Bulardan (yeng soddalaridan) tashqari svetolider (yuguruvchi yo‘lak ko‘rinishidagi)
turidagi
murakkab qurilmalar qo‘llanilishi mumkin, bunda yelektr chiroqlarini ketma - ket yoqilishi
sportchi uchun harakat (yugurish, suzish) tezligini belgilaydi.
Eshitish (tovush) ko‘rgazmasi usuli.
Tovush signallari yordamida harakatning masofa vaqt va vaqt holatini aniqlashga yordam
beradi. Avvaldan berilgan tovush signali yordamida murakkab harakat
faoliyatini bajarishga
asosiy kuchni sarflash vaqtini aytib beradi.
Masalan: suvga sakrashga guruhlanish, qo‘llarni tushirish, gimnastikadan
yegilish yoki
rostlanish vaqtlari.
Tovush signali yordamida harakat maromi yaxshi yegallanadi.
Masalan: harakatning murakkab ritmini chertish mumkin, bu sportchi ong maqomni saqlanishiga
yordam beradi, unga mal qilib sportchi ma’lum sharoitda harakatlarni yaxshi bajaradi. Ovoz
yetakchilari (ayniqsa siklik turlarda) harakatning tegishli jadalligini (butun masofa davomida)
saqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: