yegallanadi, uning barcha qismlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganiladi, harakat tarkibi, uning
ritmiga zarar yetmaydi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan mashqni to‘laligicha bajarilganda murabbiy sportchi yo‘l
qo‘yayotgan hatolarning barchasiga E’tibor beraolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy
asosiy ko‘zga ko‘ringan xatolarga E’tibor berib texnikadagi ayrim yetishmovchiliklarni
ko‘rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga E’tibor bermasiligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘laligicha(ko‘p marta) takrorlayverish ayniqsa
o‘rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu uslub odatda
texnik jixatdan murakkab bo‘lmagan yoki qismlarga bo‘lganda texnikani qo‘pol ravishda
buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi. Masalan : to‘p tutish, tortilish va x.k.
Yaxlitligicha o‘rgatish metodi harakatni mustaxkamlash va takomillashtirishda ayniqsa
yaxshi samara beradi. Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi.
a) harakatlar qismlarini sekin asta ishlab borib qayta bajarish;
b) texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish
v) ko‘nikmani mustaxkamlash maqsadida bajarish.
g) o‘sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni
oshirish).
d) tashqi muhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblar va x.k) o‘zgargan sharoitda
bajarish.
ye) tananing turli xatolari bajarish
Xarakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubi
Tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lgan xarakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rgangan ma’qul.Bu uslubda
harkatlar tizimi nisbatan mustaqil qismlarga (tizimchalarga) bo‘linadi, ular alohida o‘rganiladi
va keyinchalik bir butun qilib birlashtiriladi. Masalan : "Oldinga cho‘zilib dumalash".
Ijobiy tomonlari :
-
o‘rganish uchun lozim bo‘lgan qismga barcha yetibor qaratiladi;
-
xatoga yo‘l qo‘yilgan qismlarini qayta bajarilmaydi;
-
mashqni to‘laligicha bajarishga qaraganda kamroq charchaydi.
Uslubning kamchiliklari :
uni xarakatlar kismga ajralmaydigan yoki ajralsa xam texnikaga putur yetadigan holatlarga
qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan : bir oyoqni siltab va ikkinchisi bilan itarilib qo‘llarda turish.
-
mashqlarni xar qanday va xatto omilkorlik bilan qismlarga ajratish harakatning qaysidir
hususiyatlarini (vaqt, kuch, ritmikliligi) yo‘qotishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: