2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

O‘yin uslubi 
Harakat faoliyatini o‘yinlar sharoitida, ular uchun hos bo‘lgan qoidalar doirasida, texnik 
taktik usul va sharoitlarda bajarishni ko‘zda tutadi. Bu metodni qo‘llash shug‘ullanuvchilar turli 
hil oldindan aytib bo‘lmaydigan holatlarda mustaqil qaror qilishda dadil, faol harakatni 
ta’minlaydi, bu yesa tashabbuskorlik, dadillik, intiluvchanlik, mustaqillik, o‘z hissiyotlarini 
jilovlay olishdek hislatlarni tarbiyalaydi. 
Mashg‘ulot jarayonining tuzilishi 
Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va mahsus jismoniy , texnik va 
psixologik x.k) bir biriga bog‘liqligi bilan ; 


- Mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati (yuklamaning 
xajmi va shiddati x.k.) ; 
- Mashg‘ulot jarayonining xar xil zvenolari o‘rtasidagi ketma-ketlik va bog‘liqlik 
(trenirovka mashg‘uloti, mikro va mezosikllar, davrlar, bosqichlar va x.k.); 
- Mashq bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish 
farqlanadi; 
- Mikro tuzilish - ayrim mashg‘ulotlarini tuzilishi va mikrosikllar ; 
- Mikro tuzilish o‘rta sikllarni tuzilishi va mashg‘ulotlarning bosqichlari; 
- Mikro tuzilish - katta sikllarning tuzilishi. 
Sport mashg‘ulotlari hamma bo‘laklarining mazmuni, vositalari, metodlari va boshqa 
tarkibiy qismi bir butun bo‘lib bog‘langandir.
Mashg‘ulot mikrosiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini 
kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar seriyasidir, mikrosikllarni davom yetishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Ko‘pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrosikl haftalik kalendari bilan mos kelib 
shug‘ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo‘shilib ketadi.7 kun davom yetadigan 
mikrosikllarni ko‘pincha haftalik sikl deyiladi. Boshqacha ko‘p yoki kam kun davom yetadigan 
mikrosikllarni har xil variantlarda, shu jumladan shaxsiy musobaqa davrining aloxida kerakli 
joylarida, o‘tkaziladigan musobaqani davom yetishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. 
Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi sxema bo‘yicha musobaqa 
o‘tkazilganda qilichbozlik 1- kun, shaxsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun 
final. 
Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur. 
2 kun yerkin dastur. 
3 kun ko‘p kurash finali. 
4 kun ko‘p kurashning ayrim turlari finali.
Bu ko‘rinishda yesa mikrosikl shu sxemani o‘zgartirmasdan takrorlashi shart. 
Mikrosikllar kamida ikki: kumilasion (yig‘uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash 
bilan bog‘liq) hamda qayta tiklovchi, mashg‘ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo‘ladi. 
Mikrosikllarning minimal davom yetish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni 
bo‘ladi. Ko‘pincha bu fazalar mikrosikl ichida takrorlanib, har bir mikrosikl qayta tiklash fazasi 
bilan tugallanadi. Qayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrosiklni tugallamasligi uning ichida 
qaytarilishi ham mumkin.
Mashg‘ulotlar mazmuning ketma - ketligi yesa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va 
qanday mikrosikl bo‘lishiga bog‘liq. Katta bo‘lmagan shiddatda bajariladigan, katta xajmdagi 
ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta xajmli ish bajarish
mashg‘ulotga qayta tiklashni tez - tez kiritishni talab qiladi. 
Mikrosiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg‘ulotlarni qaysi tomonga
yo‘naltirilganligi hisobga olinishi kerak
1. Mikrosikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati
oshgan kunlardagina qo‘yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun 
chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo‘yiladi. Katta yuklamadan keyin
ko‘pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, 
organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar 
texnikasini takomillashtirgandan keyin o‘rtacha 2-3 kundan keyin:


Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotdan keyin o‘rtacha 5-7 
kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘ulotni katta 
yuklamali mashg‘ulotlar oldida o‘tkazish shart.
2. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga 
qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin. 
Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, 
chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shaxsiy musobaqa davridagi 
mikrosikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga 
to‘g‘ri kelsin. Bu yesa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi.
Mikrosikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.
1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o‘qish va mehnat qilish faoliyati) va unga
bog‘liq bo‘lgan ishchanlik dinamikasi. 
2. Mikrosikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg‘ulotlar soni va mazmuni. Bu 
omillarni ta’sir ko‘rsatishi sport mutaxassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. 
Masalan : mashg‘ulotlarning mazmuni, ularning mikrosikldagi soni, yuklamaning hajmi, xar bir 
sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va 
x.kada xar xil bo‘ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar 
mashg‘uloti jarayonida ham shunday farqni ko‘rish mumkin.
3. Mashg‘ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish 
reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug‘ullanuvchilar organizmi bir xil xajm va 
shiddatdagi yuklamaga bir xil javob beradi. Bu yesa ularning organizmini bir xil xususiyatlariga 
bog‘liq. Shunga nisbatan, mashg‘ulot yuklamasiga xam xar xil sportchini organizmi individual
moslashish (adaptasiya) beradi.
N.S.Kucherev va boshqalarni ko‘rsatishiga qaraganda mikrosikl fazalarini xaftalik
bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Mikrosikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o‘zgarishi mumkin, % 
yuklama xajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang‘ida balandlikdan sarovchilarning 
musobaqa davridagi mikrosikldagi yuklamaning dinamikasi. 
2. Mikrosikllarning tuzilishi, mashg‘ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, 
uni qaysi (joyiga qo‘yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog‘liq. O‘zini shakli va mazmuniga qarab 
tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrosikl xech qachon shahsiy 
musobaqa davridagi mikrosiklga o‘xshamaydi. Xamma davrlar uchun ishlatiladigan universal 
mikrosikl xam bo‘lishi mumkin yemas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo‘shimcha 
mashg‘ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o‘zgartirish bilan murabbiy 
mashg‘ulot jarayonining o‘sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko‘rsatishi 
uchun tayyorlab boradi.
Mikrosikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport mashg‘ulot 
jarayonida quyidagi mikrosikl turi aniqlanadi;
- tortuvchi
- zarbdor 
- yaqinlashtiruvchi
- musobaqa
- qayta tiklovchi
a) tortuvchi mikrosikllar: katta bo‘lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi 
organizmini shiddatli mashg‘ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1- 
(umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi. 


b) zarbali mikrosikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. 
Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy texnik va 
taktik, jismoniy axloqiy irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni yechishda 
yordamlashishdan iboratdir.
Bularni asosiy o‘rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik bosqichi va shaxsiy
musobaqa davrlarida ishlatiladi. 
v) yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrosikllar - asosiy vazifasi musobaqaga 
yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. 
Murabbiy asosan sportchini mexnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga
asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur. 
g) qayta tiklovchi mikrosikllar - bular bilan ko‘pincha zarbali mikrosikllar seriyasi 
tugallanadi.
Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin xam (rejalashtiriladi) 
rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrosikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining 
dasturiga binoan tuziladi. Mashg‘ulot mikrosikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini rhorganizmiga, har xil xajmdagiva yo‘nilishdagi yuklama qanday ta’sir 
ko‘rsatishini; 
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom yetish 
vaqtini. 
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida 
va o‘rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati. 
Mikrosikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil 
tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga, 
b) mashg‘ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo‘qligiga.
v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya - mikrosiklda katta va anchagina yuklamali, optimal 
mashg‘ulot soni kiritib ular o‘zaro rasional holda hamda kichik yuklamali mashg‘ulotlar bilan 
almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya - mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar soni va ularning 
yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsasa, uchinchi tipdagi reaksiya - 
mikrosiklga kiritilgan mashg‘ulotlar rasional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya 
berishiga olib keladi.

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin