2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi


Mashg‘ulot mezosikllarini tuzilishi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Mashg‘ulot mezosikllarini tuzilishi 
Mezosikl mikrosikllar tizimi sifatida. Mashg‘ulot mikrosikllari, mashg‘ulot 
jarayonlarining 3 dan 6 haftagacha davom yetadigan jarayonidir. Mashg‘ulot jarayonini 
mezosikllar asosida tuzish shu davrdagi tayyorgarlikni, mashg‘ulotdagi yuklama dinamikasini 
ta’minlash, vosita va metodlarni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash sportchiga pedagogik 
ta’sir ko‘rsatishni, organizmni qayta tiklash jarayoni bilan qo‘shish natijasida kerak bo‘ladi. 
Jismoniy sifatlarni va qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratiladi.
Mashg‘ulot mezosikllarini tiplari 
Ko‘pincha tortivchi, bazali tayyorgarlik nazorat, musobaqa oldi va musobaqa 
mezosikllari bo‘ladi.


Tortuvchi mezosikllarni - asosiy vazifasi sportchini, maxsus mashg‘ulot ishlarini 
samaraliroq bajarilishiga asta - sekin kiritilishidan iboratdir. Bu yesa mashqlarni ishlatish bilan 
imkoniyatlarni oxiriga qaratilgan tizim va mexinzmalarni darajasini aniqlovchi har xil 
chidamlilik turlarini rivojlantirish imkoniyatlarini tezkor - kuchlilik va yegiluvchanlik sifatlarini 
tanlab takomillashtirish. Oxirgi xisobda ishning samaradorligini oxiriga qaratiladigan harakat 
ko‘nikmalari va malakalarini tashkil toptirishdan iboratdir.
Bazali mezosiklarga - organizmni asosiy tizimlarini funksional imkoniyatlarini 
ko‘tarib, jismoniy sifatlarini tarbiyalash, texnika - taktika va psixologik tayyorgarlikni 
takomillashtiriladi.
Mashg‘ulot dasturi- har xil bajarilishi buyicha shiddatli mashg‘ulotlardan katta 
yuklamalardan foydalangan xolda tuziladi.
Tayyorgarlik nazorati - mezosikllarida sportchini oldingi mezosikllarda yerishgan 
imkoniyatlari sintez qilinadi, yoki integral tayyorgarlik amalga oshiriladi. Mashg‘ulot jarayonida 
ko‘pincha musobaqa va maxsus tayyorgarlik mashqlarini musobaqa sharoitida maksimal 
ravishda yaqinlashtiriladi.
Musobaqa oldi mezosikllari - sportchini tayyorlash jarayonidagi xatolarni yo‘qotishga 
texnik imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Bu mezosikllarda asosiy o‘rinni maqsadga 
muvofiq ravishda psixologik va taktik tayyorgarlik tashkil qiladi. Mezosikl yuklamali va 
yuklamaning kamayishi bilan tuzilishi, bu yesa o‘z vaqtida adaptasiya jarayonini, charchashga 
qarshi turishini samaraliroq bajarishga olib keladi.
Musobaqa mezosikllarini soni va tuzilishi sport turini, sport taqvimini xususiyati, 
sportchining malakasi va tayyorgarlik darajasi bilan aniqlanadi. Siklik xarakterdagi sport 
utrlarida, asosiy musobaqalar ko‘pincha 1 oydan 2 oygacha davom yetadi, bunda bir yoki ikkita
musobaqa mezosikli ishlatiladi, sport uyinlarida asosiy musobaqalar 6-10 oy davom yetadi. Bu 
vaqt ichida 5- 6 ta musobaqa mezosikli boshqa mezosikllar bilan almashtirilgan holda 
o‘tkazilishi mumkin.
Mikrosikl va mezosikllarni qo‘shib olib borish - mezosiklni oldiga quyilgan 
vazifasiga qarab, uning ichiga vositalari va yo‘nalishi buyicha
- tayyorgarlikni ayrim tomonlarini: 
- integral tayyorgarligini amalga oshirishni: 
- katta yuklamadan keyin o‘tadigan adaptasiya jarayonini tiklanishiga sharoit 
yaratishni o‘z ichiga oladigan mikrosikllar kiradi. 
Mikrosikllar ichida ko‘rganimizdek organizmning funksional imkoniyatlari 
tiklanishi bir necha kungacha davom yetishi mumkin yedi. Uning uchun keyingi mikrosikl 
oldingi yuklamadan qolgan charchashning hisobiga organizmni qayta tiklashga qaratilgan 
bo‘lishi ham mumkin. Malakali sportchilarni hozirgi kundagi mashg‘ulotlaridagi qizg‘in payti 
alohida mikrosikllar yuklamani kutilishi orqali bir mikrosikldan 2- mikrosiklga charchashni ortib 
borishi bilan xarakterlanadi.
Bu yesa, organizmni funksional tizimiga va texnikani mustahkamligiga yuqori talab 
qo‘yadi. Mikrosikllardagi yuklamani umumiy summasi ko‘p yillik tayyorgarlik davriga bog‘liq. 
Ko‘p yillik tayyorgarlikda, bazali mikrosikllar ichidagi xaftalik mikrosikllar yuklamasini 
umumiy summasini birlashishi amalga oshiriladi.
Mikrosikllarni har xil tiplari ularning yuklamasini umumiy summasini ko‘p
xususiyatlarini ham mezosiklni tipi bilan aniqlanadi xaftalik mikrosikllarni umumiy 
summasini har xil mezosikllar tipida birlashtirish yuqori klassifikasiyali sportchilar tayyorgarligi 
uchun ham qo‘llaniladi.



Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin