Sportchilarni tayyorlash tizimida bashorat qilish, modellashtirish, tanlash, mo‘ljallash, boshqarish va nazorat Sportda o‘rinbosarlarni tayyorlashda kelajak yosh sportchilarni tanlash tartibi muhim
rol o‘ynaydi. Sportda yuqori natijalarni ko‘rsatish uchun sportchiga yuqori rivojlanish
darajasidagi noyob morfologik ko‘rsatgichlar, ajoyib jismoniy va ruhiy qobiliyatlar kompleksi
bo‘lishi kerak. Bunday uyg‘unlikka yega bo‘lgan sportchilar juda kam.
Sportda tanlash. - bu qaysi bir sport turida yuqori natijaga yerisha oladigan, qobilyatli,
iste’dodli kishilarni qidirib topish jarayonini tushunamiz. V.P.Fillinning fikricha pedagogik,
sosiologik, ruhiy-tibbiy biologik tadqiqot (olmiy tekshirish) metodlarini o‘z ichiga oladigan
tashkiliy metodik tadbirlarni kompleks tartibini tushunadiki, uning asosida ayrim bir sport
turida ixtisoslashish uchun bolalarning qobiliyatlari aniqlanadi.
Sportga yo‘llanma - bu sportchi qobiliyatlarini sport mahoratini shakllanishining
individual hususiyatlarini o‘rganish asosida yuqori sport mahoratiga yerishishning kelajakdagi
yo‘nalishini aniqlashdir. V.P.Fillin sportga yo‘llanmani bu tashkiliy metodik tadbirlarni
kompleks tartibini ular asosida sportchining ayrim bir sport turida qisqa ihtisoslanishi
aniqlanadi degan yedi. Sportda tanlash bu ko‘p bosqichli ko‘p yillik jarayon bo‘lib sportda
tayyorgarlikning hamma bosqichlarida amalga oshiriladi. U sportchilarning qobiliyatlarini har
tomonlama o‘rganishga asoslanib ushbu qobiliyatlarning shakllanishi uchun yaxshi sharoit
yaratishga qaratilgan. Sport turlarini ko‘p bo‘lishi, xar bir shaxs sportni qaysi bir turidan yuqori
mahoratlarni yegallashga imkoniyat beradi. Bir sport turiga layoqatli bo‘lmagan shaxs boshqa
sport turidan yaxshi natijalarga yerishishi yoki ko‘rsatkichlarga yega bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun qobiliyatlarni tiklashni ayrim bir turidan yoki sport turlariga xamda guruxlarda amalga
oshirish kerak. Sport qobiliyatlarni turg‘unligi bilan ajralib turadigan sportchilar nasl
qobiliyatlariga ham bog‘liq. Nasl qobiliyatlari organizmga katta yuklama berilganda namoyon
bo‘ladi, shuning uchun yosh sportchining qobiliyatini yuqori natija ko‘rsatishga qaratish kerak.
Ayrim funksiyalarni va sifat qobilyatlarini rivojlanishi xar xil yoshlarda xar xil bo‘ladi. Ayniqsa
buni kichik yoshdagi yuqori natija ko‘rsatadigan sport turida E’tibor ga olish kerak.