yetilishi - qizlarda 8-9, bolalarda 10, o‘rtachasi: 10-11, bolalarda 12-13 yoshda kech rivojlanishi:
qizlarda 13 yoshdan keyin, o‘g‘il bolalarda 15 yoshdan keyin.
Ruhiy ko‘rsatkichlar ham katta ahamiyatga yega. Shug‘ullanishga yextiyoj mashq
bajarishda yaxshi baxoga intilish qo‘rqmaslik va x.k.
Dastlabki tanlashda sportdagi natija kriteriya bo‘la olmaydi.
Yoshlar butun ittifoq
musobaqalardan yutganlari xar 19- o‘rtacha SSSR g‘olibi : Yevropa chempionining xar 52-
olimpiada o‘yinlarining g‘olibi 120 tadan bittasidir.
Ko‘p yillik tayyorgarlikni 2-3 bosqichida tanlash.
Vazifalari- yuqori sport natijalarini ko‘rsata oladigan qobilyatli sportchilarni , individual
imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshira oladigan sportchilarni tanlash. Bu bosqichda
morfologik xususiyatlar katta ahamiyatga yega. Xar xil turlariga, xar xil morfologik tuzilishiga
bu xususiyatlar nasldan o‘tadi. Kishilarni doimiy ravishda sport mashg‘ulotlariga jalb qilish,
ularni qiziqishi
va shaxsiy natijalari, shu yoki boshqa sport turlarining maxsus xususiyatlariga
xamda individual qobilyatiga bog‘liqdir. Xar bir kishi sport turini tanlashda individual
xususiyatlarini ko‘pchilik qismi shu sport turini talablariga mos kelishi, sport orientasiyasining
mohiyatini tashkil qiladi. Sport orientasiyasi yesa, ko‘pincha bolalar va o‘smirlar hamda
ommaviy sport bilan bog‘liq.
Sport orientasiyasini yo‘lga qo‘yilishi qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa
shunchalik sport turida tanlov o‘tkazish samaraliroq bo‘ladi. Chamalash va tanlovni
texnologiyasi bir xil bo‘lib qaysi yo‘l bilan yondashish bo‘yicha bir-biridan chamalash ma’lum
inson uchun sport turini aniqlasa, tanlov jarayonida yesa sport kishini tanlaydi.
Sport tanlovi-yuqori darajali qobiliyatga yega bo‘lgan
shu sport turining maxsus
talablariga javob beradigan tadbirlarning majmuasidir. Tanlov ko‘p yillik va yillik tayyorgarlik
tizimiga kirib, sifat tomonidan o‘zgarib boradi va uning xamma davrlarida ishtirok yetib, to‘rt
bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich- aniq sport turini aniqlash yegallash uchun potensial qobiliyatga yega
bo‘lgan (ko‘pincha 9-14 yoshli) bolalarni boshlang‘ich tanlovi. Tashkiliy tomondan tanlov 3
davr bo‘yicha o‘tkaziladi.
Birinchisi - mashg‘ulotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida targ‘ibot ishlarini o‘tkazish :
ikkinchisi - testlar bo‘yicha tekshirish va shu sport turi uchun kerakli qobilyatli boalarni
ko‘rsatish: uchinchidan - o‘rgatish jarayonidan va jismoniy sifatlarni rivojlanishi, o‘quv
materialini o‘zlashtirish tempi ustidan uzoq vaqtli kuzatish.
Ikkinchi bosqich-o‘smirlarni (16-17 yoshli) shu sport turi uchun yuqori darajadagi
qobilyatini va ma’lum mutaxasislik turlaridagi (yengil atletika, o‘yin va x.q) bo‘lgan hoxishini
aniqlash.
Uchinchi bosqich - yuqori malakali sportchilar jamoasiga kiiritish uchun, tanlov (18-20
yosh) o‘tkazish. Tanlov bolalar va o‘smirlar jamoasidagi mashg‘ulot
va musobaqa faoliyatini
o‘rganish, maxsus o‘rganiladigan o‘quv yig‘ilishi mashg‘ulotlari nazorat testlari va funksional
tayyorgarligini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich- xar xil terma jamoa (jumxuriyat idoralar va x.k) guruxiga kiiritish
va ma’sul musobaqalarga qatnashuvchilarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov. Bu
maqsadda sportchining o‘z klubidagi mashg‘ulot va musobaqa faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar
taxlil qilinsa, terma jamoada uning musobaqa faoliyati milliy birinchiliklarda va o‘quv
mashg‘ulot yig‘inlarida o‘rganiladi. Tanlovda shu sportchilar bilan ishlaydigan murabbiylar va
shu hududdagi yuqori malakali mutaxasislardan tuzilgan yeksportlar qatnashadi. Tanlab olish
usulining mazmuni sport turining aniq mazmuni va o‘ziga mosligi bilan belgilanadi bu yesa
pedagogik tibbiy biologik va psixologik ko‘rsatkichlarga qarab, yuqori bashorat qilish
ahamiyati (jismoniy
sifatlari, texnik va taktik xarakatlarni bajarish uchun qobiliyat darajasi,
morfologik ko‘rsatkichlari, organizmning funksional xususiyatlari xamda markaziy asab tizimiga
) qarab aniqlanadi. Dastlabki holati, yoshi va mashg‘ulot ta’siri ostida ko‘rsatkichlarning
o‘zgarishi va ularning sport ko‘rsatkichlari bilan aloqasi hisobga olinadi. Tanlovning sifatli
bo‘lishi, ko‘p yillik sport o‘rinbosarlarini tayyorlashda asosiy shart bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: