Sport mashg‘ulotlarining davrlari va tuzilishi
Makrosikl davomidagi mashg‘ulot jarayonini ma’lum davrlarga bo‘lib tuziladi.
Boshqacha qilib aytganda, ayrim sport turlarida dastur, musobaqa qoidalari, musobaqalar soni va
xalqaro musobaqalarni ko‘payishi mashg‘ulot tuzilishi va mazmunining barcha yelementlariga -
yo‘nalishiga, vositalariga, uslublariga, umumiy va maxsus tayyorgarlik nisbatlariga, yuklamalr
dinamikasiga va xokazolarga qanday bo‘lmasin ta’sir yetadigan qonuniy suratdagi davriy
o‘zgarishlarga olib keladi.
Mazkur davriy o‘zgarishlarning sabablari haqida gapirish uchun sport formasi
tushunchasiga hamda uning taraqqiyot qonuniyatlarini ko‘zdan kechirib chiqmoq kerak.
Sport formasi. Sport formasi ko‘p jihatlidir. Maxsus ma’lumotlarni umumlashtirib, unga
xos bo‘lgan belgilar kompleksini ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik nuqtai nazardan sport formasiga quyidagilar xosdir:
-sport formasida bo‘lmagan paytda mumkin bo‘lmagan yuksak funksional darajada spesifik
muskul ishini bajara olish qobiliyati, ya’ni sport formasi davrida organizm yeng yuksak
funksional darajaga yega bo‘ladi;
-funksiyalarni tejash, ya’ni nihoyat darajasiga yetmagan standart ishlarni bajarishda
(jumladan yenergiya sarflashda) barcha ish jarayonlari mukammalroq koordinasiya qilinishi
hamda organizmning funksional imkoniyatlarini yuksakroq bo‘lishi tufayli qator fiziologik
o‘zgarishlarni kamaytirish;
Yuksak turg‘unlik va shu bilan birga sport harakati malakalari dinamik steriotiplarining
varinativligi (o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olishi).
Yuksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va
bir ishdan ikkinchi ishga tezroq o‘ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish
jarayonlarining tezroq o‘tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilish bilan bir qatorda
charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo‘ladi.
Sport formasi haqida psixologik tasavvurlar hozircha to‘la va yetarli darajada konkret
yemas. Shunday bo‘lsada quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin.
Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq maxsus idrok yetish qobiliyatining
yaxshilanishi suzuvchilarda "suvni his yetish" va xokazo;
Harakatlarni ongli ravishda boshqarish (harakat malakalarini maqsadga muvofiq ravishda
avtomatlashtirish asosida) va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo‘lish
imkoniyatlarining yuksalishi;
Iroda kuchi diapazonining kengayishi (ham uzoq vaqt iloji boricha iroda kuchi sarflash
imkoniyatlarining kengayishi, ham shu imkoniyatlarning absolyut darajasi yuksalishi);
Musobaqalashishga va yutuqlarga yerishishga qaratilgan alohida yemosional kayfiyat,
sport formasi - kuch - quvvatiga qat’iy ishonishga asoslanib, yeng zo‘r jasorat ko‘rsatish mumkin
bo‘lgan davr.
Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa yerishishga
optimal tayyor yekani hamma tomonlarning- psixik, jismoniy, sport - texnik va taktik jihatdan
tayyor yekanining - garmonik birligidan iboratdir.
Ana shu komponentlarning barchasi mavjud bo‘lsagina sportchi formada hisoblanadi.
Sportchining jismoniy sifatlari qanchalik yuksak taraqqiy yetgan bo‘lmasin, uning texnikasi va
taktikasi qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, agar u jiddiy musobaqaga psixik jihatdan tayyor
bo‘lmas, agar unda shu maqsadga qaratilgan tirishqoqlik yoki boshqa iroda sifatlari bo‘lmasa, u
xech qachon yuksak natija ko‘rsata olmaydi. Xuddi shu gaplar sport formasining boshqa barcha
tmonlariga ham taalluqlidir. Shu bilan birga jismoniy fazilatlar va harakat malakalarining birligi,
ya’ni bu fazilat va malakalarning o‘zaro uyg‘unligi shunday bo‘lishi kerakki, unda sportchi
tanlangan sport turida o‘z jismoniy fazilatlarini ayni texnik va taktik malakalar formasida
maksimal darajada namoyon yetishga qodir bo‘lsin.
Yuqorida aytilganlarning hammasini har bir aniq sharoitning o‘ziga qarab tadbiq yetmoq
kerak. Chunki optimal tayyorgarlik tushunchasi nisbiydir. U sport formasi taraqqiyotining faqat
konkret sikli uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Sportda kamolotga yerisha borgan sari optimum (yeng
yaxshi) daraja o‘zgarib boradi - sport formasi sport kamolotining har bir bosqichida ham sifat
jihatdan, ham miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqacha bo‘la boradi.
Sport formasini baholash uchun xilma - xil uslublardan foydalanadilar. Shulardan
asosiylarini shartli ravishda pedagogik va tibbiy fiziologik uslublarga bo‘lish mukin.
Pedagogik uslublar sportchining sifatlari, malakalari va mahoratlarini umumlashtirib
baholash asosida uning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, ya’ni
sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan real sport kurashi sharoitidagi sport
natijalari yeng umumiy mezon bo‘ladi. Bunday natija da sportchi tayyorgarlik darajasini barcha
tmonlari xuddi ko‘zguda ko‘rilgandek ravshan aks yetadi. Agar sportchi o‘zining avvaligi
shaxsiy rekordidan yuqori yoki o‘sha darajaga yaqin natija ko‘rsasa, taxminan bo‘lsa ham, u
sportchini formada yekan deb hisoblay dilar.
Biroq sport natijasi tayyor yekanlikning ayrim tomonlarini tanlab nazorat qilishga imkon
bermaydi. Bundan tashqari sportning ayrim turlarida hozircha sport natijalarining yetarli
darajada ob’ektiv miqdor o‘lchovlar mavjud yemas (gimnastika, yakkama - yakka olishuv va
boshqalar). Bular bari qo‘shimcha xususiy mezonlar bo‘lishini talab yetadi.
Shu maqsadda jismoniy, texnik - taktik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat mashqlardan
foydalaniladi. Shuningdek, musobaqalar va ma’suliyatli chamalashlar sharoitida sportchining
texnikasini, taktik harakatlarini va umuman o‘zini qanday tutishini kuzatish ham keng
qo‘llaniladi. Tanlab baholash yana ham aniqroq bo‘lishi uchun tugal harakatlarni yoki hatto
ularning ayrim yelementlarini maxsus apparatlar, video tasma, siklografiya, dinamometriya,
spidografiya va boshqalar) yordamida ham hisobga olinadi.
Sport formasini baholashning tibbiy - fiziologik uslublari organizmning harakat
faoliyatini amalga oshiradigan hamda ta’min yetadigan yeng muhim tizimlari ish qobiliyatni
aniqlashga qaratilgan. Buning uchun, jumladan, standart va maksimal spesifik yuklamalar bilan
funksional sinovlardan foydalaniladi( sport medisinasi va sport fiziologiyasi kursiga qarang).
Ham pedagogik, ham tibbiy - fiziologik ma’lumotlardan kompleks foydalanilgandagina
sport formasiga to‘liq tavsif berish mumkin bo‘ladi. Bunda ayniqsa, tibbiy - fiziologik
ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. Biroq, sport formasini aniqlashda hal qiluvchi so‘z shubhasiz
murabbiyda qoladi.
Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga yega yekanligini
ko‘rsatadi. Bu jarayon uch fazadan - formaga kirish, uni saqlash va sport formasini vaqtincha
yo‘qotishdan iborat bo‘ladi.
Sport formasiga kirish fazasi sport formasi uchun zarur sharoit shakllanishi va taraqqiy
yetishidan hamda sport formasi bevosita tashkil topishidan iborat bo‘ladi.Bunda gap avvalo
organizmning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini ancha yuksaltirish, sportchining
jismoniy va iroda fazilatlarini har tomonlama rivojlantirish, xilma - xil harakat mahorati va
malakalarini, shu jumladan, tanlangan sport turining texnika - taktikasining yangi yelementlarini
shakllantirish haqida bormoqda. Bular bari qo‘shilib sport formasining poydevorini barpo yetadi.
Sport formasining qay darajada bo‘lishi, binobarin mashg‘ulotning mazkur siklidagi sport
natijalarining darajasi ham ana shu poydevorning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq,
bu
vaqtda hali yutuq uchun hamma narsa tayyor bo‘lmaydi, organizmda yeng muhim funksional
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi davom yetadi.
Bunda ayrim jismoniy fazilatlar o‘rtasida, shuningdek, xarakat malakalari o‘rtasida
bir-biriga salbiy ta’sir yetish xam bo‘lishi mumkin. Bu sport formasining yelementlari
yendigina paydo bo‘layotgan payt, ular bir-biriga "jipslashib" bir butun bo‘lib birlashib
ketmagan bo‘ladi.
Bu fazaning ikkinchi yarmi, ya’ni sport formasi bevosita shakllanayotgan vaqtda
moslashish jarayonlar kuproq, ixtisoslashgan xarakter kasb yetadi va ko‘chayotgandek
bo‘ladi. Maxsus mashq bilan chiniqqanlikning ortishi ixtisoslanish uchun tanlangan sport
turiga javob beradigan sifatlarining rivojlanishi va tegishli sport texnikasi va taktikasini
chuqur mukammallashtirilishi barcha o‘zgarishlarning yetakchi yo‘nalishi bo‘ladi. Sportda
yutishga tayyor yekanligini ta’minlaydigan ayrim komponentlar birlashib, g‘oyat darajada
betartib yaxlit tizimni-sport formasini yaratadi.
Sport formasini fazasi sportda yutishga optimal (mazkur sikl uchun) tayyor
yekanligini saqlab borish bilan harakterlanadi. Bu vaqtda sport mashg‘uloti bilan bog‘liq
bo‘lgan biologik o‘zgarishlarning davom yetish darajasi (juda bo‘lmaganda katta yoshli
sportchilarda) tushib ketishi o‘z - o‘zidan xar qalay kamaya borsa kerak, chunki bu vaqtda
yuksak darajadagi sport ko‘rsatkichlari nisbatan tuyg‘unlasha boradi.
Sport formasi davrida tub o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ular sport
formasini yo‘qotishga olib kelgan bo‘lar yedi. Biroq, bu bundan oldingi konstruktiv fazada
qo‘lga kiritilgan imkoniyatlar va bu yerda faqat yekspluatasiya qilinadi degan ma’noni
bildirmaydi. Sport formasini saqlash fonida sport yutuqlariga yerishish bevosita bog‘liq bo‘lgan
hamma narsalarning yanada rivojlanishi davom yetadi. Shuning uchun natijalar o‘sa boradi,
biroq bu o‘sish mazkur sport formasi darajasidan chiqmaydi.
Mashg‘ulot tuzilishi xususiyatlariga qarab, sport formasini saqlab turishning turli
usullarini ifodalovchi sport natijalari bir yillik dinamikasining tiplari turlicha bo‘ladi.
Bular quidagilardan iborat : "cho‘qqilar"orasida uzoq, davom yetmaydigan 4-6 xaftaga
boradigan pasayishlar bor "bir cho‘qqililik", "qo‘sh cho‘qqililik". Bular ko‘p turli xollarning
barchasini qamrab olmaydigan faqat asosiy qancha keng tarqalgan variantlar xolos. Bundan
tashqari sportning ayrim turlari (masalan og‘ir atletika) uchun oralig‘i 3 oydan ortiq pasayishga
yega bo‘lgan " qo‘sh cho‘qqililik" dinamika tipikdir.
Sport formasini saqlab turish muddatlarini aniq belgilash ancha qiyin ish. Sportning
ayrim turlaridagi sport natijalari dinamikasini statistik analiz qilish asosida taxminan shuni
aytish mumkinki, yuqori malakali sportchilarda bu muddat odatda " bir cho‘qqililik"
dinamikada 2-3 oyga yaqin, " qo‘sh cho‘qqililik" yesa jamlab hisoblansa 4-4,5 oyga boradi.
Cho‘qqilar orasiga nisbatan uncha uzoq davom yetmaydigan pasayishlar aftidan, aloxida oraliq
momentlar sifatida sport formasini saqlab turish davriga kiritilishi to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Bu
paytda sport formasining asosiy tarkibiy qismlari yo‘qolmasa kerak; faqat spesifik funksional
kayfiyat biroz pasayishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatlarni tibbiy fiziologik ma’lumotlari ham
qisman tasdiqlaydi.
Sport formasini saqlab turishning qaysi varianti yaxshiroq yekanini aytish hozircha
qiyin. Ko‘p narsa shubxasis sport turlarining hususiyatlariga bog‘liq. Yana shu narsa ham
ma’lumki, " qo‘sh cho‘qqililik" variantlarida mashg‘ulotlarning musobaqa davrini uzaytirish
imkoni paydo bo‘ladi. Mazkur variantlar xam aslini olganda anashunday zaruriyat orqasida
paydo bo‘lgan.
Sport formasini vaqtincha yo‘qotish fazasida mashq bilan chiniqqanlikni ma’lum
tomonlari readaptasion pasayadi, sport formasining ayrim yelementlarini birlashtirib turgan
aloqalar so‘na boradi va organizm boshqacha ishlashga o‘ta boradi.
Sport formasining yo‘qotilishi organizm xayotiy funksiyalarining tushkunligi yemas.
Umumiy rejim va mashg‘ulotni rasional tashkil yetilsa, odatdagi xayot faoliyati saqlanadi va
yanada yaxshilanadi - bu maxsus tadqiqotlarda tasdiqlangan ( V.P. Filin, L.P. Matveev, Ye.V.
Kukolevskaya, Ye.Ye. Nemova). Bu vaqtda organizmda avvalga yuklamalar xamda kundalik
mashg‘ulotlar natijasida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi davom yetadi.
Aftidan, bu vaqtda avvalgi yuklamalar tufayli yeng uzoq davom yetadigan o‘zgarishlar
nihoyasiga yetadi, plastik almashinish jarayonlarida ba’zi bir assimilyasiya momentlari
kuchayadi.
Sportchi ko‘p vaqt va kuch sarf qilib, sport formasiga kirib olgandan keyin uni yo‘qoti
xato yemasmi ? bu savolga to‘g‘ri javob berish uchun quyidagilarni xisobga olish kerak.
1.Sport mashg‘uloti uzluksiz suratda komolotga yerishib borishga qaratilgan. Sport
takomilining u yoki bu bosqichida qo‘lga kiritiladigan sport formasi yesa huddi anashu bosqich
(va faqat shu bosqich) uchun optimal holatdir. Biroq sport mahoratining bir bosqichi uchun
optimal bo‘lgan xolatdan keyingi yana ham yuksakroq bosqichi uchun optimal bo‘la olmaydi.
Shu sababdan bir marta qo‘lga kiritilgan sport formasini xar doim saqlab turishga intilish- bir
joyda qimirlamay turib qolish istagi bilan barobardir. Oldinga siljish uchun yeski formani
"tashlab" yangi formaga kirish kerak. Yangi formaga kirish uchun, anchagina o‘zgarishlar qilish
, jismoniy sifatlar salmoqli va xar tomonlama rivojlanishini ta’minlash, yangi davrida mumkin
bo‘lganiga qaraganda anchagina ko‘p o‘zgartirish va yaxshilash kerak.
2. Mashg‘ulot - yuklamalari faqat yaqindayoq yeffekt beribgina qolmay, balki uzoq
muddat qo‘llanilgan yuklamalar ta’siri bir biriga qo‘shilib bilan bog‘liq bo‘lgan komulyasiyasi
sababli organizmda yertami yoki kechmi (bu yuklamalarning absolyut miqdoriga va boshqa
holatlariga bog‘liq) adaptasion mexanizmlarning xaddan tashqari zo‘riqib ketishiga qarshi
qo‘riqlovchi reaksiya paydo bo‘lsa kerak. Agar yuklamani olib tashlash boshqa holatga o‘tish,
faol dam olish uchun sharoit yaratilmasa, unda yuklamalar o‘ta mashq bilan chiniqqanlikka olib
keladigan stressorlar xizmatini o‘taydigan bo‘lib qolishlari mumkin.
3.Sport formasining negizida yotgan - turli biologik funksiya va jarayonlar o‘rtasidagi
murakkab dinamik muvozanat saqlashning o‘zi xam sportchi tizimi uchun juda og‘irdir. Bu
vazifa yana shu bilan murakkablashadiki, uni organizmning tinmay o‘zgarib turadigan tashqi
va ichki muxiti fonida va turli adaptasion jarayonlar o‘rtasidagi nixoyatda nozik aloqalar
sharoitida xal yetishga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, sport formasini saqlab turish ko‘pgina tashqi hamda ichki qiyinchiliklar bilan
bog‘liq. Agar sport formasini haddan tashqari uzoq muddat saqlab turishga xarakat qilinsa, ular
ortiqchalik qilib ketishi va unda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq aslini olganda
bunday qilish uchun xech qanday zarurat xam yo‘q. Aksincha formaga bir kirib olguncha uni
o‘zgartirmaslik yangi forma rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan ya’ni bundan keyingi jarayon
yo‘lida
tormozlik qilgan bo‘lar yedi. Demak sport formasining vaqtincha yo‘qotilishi fazasi, sport
takomili jarayonidagi alohida fazadir. Shunday qilib, sport bilan shug‘ullanish jarayonida
sportchi xamisha formada bo‘la olmaydi. U vaqti-vaqti bilan sport formasiga kirib, uni ozmi-
ko‘pmi saqlab turadi va so‘ngra vaqtincha yo‘qotadi. Ma’lum sharoitlarda bu fazalar tobora
yuksak, asosda muntazam suratda qayta - qayta almashinib turadi. Murabbiy bilan sportchi
agar ular ishning muvaffaqiyatli bo‘lishini istasalar, yuqorida sanab o‘tilgan fazalarni
"bekor" qila olmaydilar. Biroq, sport formasini rivojlantirishning ob’ektiv qonunlarini bilib
olgach, bu jarayonni boshqarish mumkin.
Sport formasini tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha yo‘qotilishi nixoyatda
aniq, mashg‘ulotlar ta’siri natijasida ro‘y beradi. Sport formasining taraqqiyot fazasiga
qarab ularning xarakteri o‘zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayoni uch davrga
bo‘linadi.
1) sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr
(fundamental davri);
2) sport formasini saqlab turiladigan va uni sport yutuqlariga aylantiradigan davr (
shaxsiy musobaqalar davri);
3) zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beriladigan davr. Bu davr
mashg‘ulotning kumulyativ yeffekti o‘ta mashq bilan chiniqqanlik o‘tib ketishi oldini oladi
va shu bilan birga sport takomilining ikki bosqichi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi (
o‘tish davri).
Bu davrlar faqat sportchi biologik sabablar bilan hamisha sport formasida bo‘la
olmasligi uchungina yemas, balki mashg‘ulotlarning tuzilishi va mazmunini muntazam
o‘zgartirib turish sportda kamolotga yerishishning zarur ob’ektiv sharti bo‘lgani uchun
ham paydo bo‘ladi.
Mashg‘ulot davrlari bilan sport formasining rivojlanish fazalari o‘rtasidagi
mustaxkam aloqani ta’kidlash bilan birga, ularni aslo bir biriga tenglashtirmaslik kerak.
Sport formasining rivojlanish fazalari - bu biologik asosdagi jarayonning birin - ketin
keladigan momentlari stadiyalardir ; ular sportchi organizmida mashg‘ulotning va bashqa
omillarning ta’siri ostida ro‘y beradigan fiziologik, bioximik va morfologik o‘zgarishlarning
bosqichlaridir. Mashg‘ulot davrlari yesa, o‘z mohiyati jihatidan pedagogik jarayonning
birin-ketin keladigan stadiyalaridir; ular sportchining o‘sishiga maqsadga muvofiq ta’sir
ko‘rsatadigan ma’lum vosita va metodlardan unumli foydalanish bilan xarakterlanadi.
Demak, mashg‘ulot davrlari - sport formasini rivojlantirishni boshqarish jarayonining birin
ketin keladigan stadiyalaridir.
Dostları ilə paylaş: |