mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti
Sportchilarni tayyorlash tizimida mashg‘ulot va musobaqadan tashqari omillar Dopingni tarixi juda qadimiy, vaxolanki sport dunyoga kelgan yekan, deyarli shu
vaqtdan boshlab dopingni ham tarixi boshlanadi. Bu insoning tabiati bilan aniqlansa kerak.
Chunki har bir inson har qanday musobaqada, jang maydonida o‘z raqibi ustidan g‘alaba qilishni
xoxlaydi. Hattoki ana shu g‘alaba uchun o‘zining sog‘lig‘ini ham ayamaydi.
Tarixiy adabiyotlarni (kitoblarni) varaqlar yekanmiz, qadim zamonlarda ham odamlar
o‘zlarini jismoniy va ruhiy ish qobiliyatlarini oshirish uchun turli stimulyator moddalardan
foydalanganligini ko‘ramiz. Jumladan, yeramizgacha bo‘lgan II- asrda grek atletlari musobaqalar
oldidan oqsil (psixika) ta’sir qiladigan ba’zi bir qo‘ziqorinlarni shiralarini qabul qilishgan.
Dovrug‘i dunyoga tarqalgan, mashhur rim katta sirkining artistlari tomosha oldidan
charchab qolmaslik va og‘riqni sezmaslik maqsadida turli stimulyatorlarni qabul qilganlar. O‘rta
asrlarda norman harbiylari "Berserkierlar" jang oldidan muxamor va boshqa psixotrop
zamburug‘larni shiralarini ichib olganlar. Bu yesa ularning tajavuzkorlik holatiga va og‘riq
hamda charchashni sezmaslikka olib kelgan. XX asr dopinglar ruyxatini anabolik steroidlar,
amfetamini, uning hosilalari va boshqa farmakologiya fanining yutuqlari bo‘lmish ko‘pgina
preparatlar bilan boyitdi. Birinchi marta anabolik steroidlar 1935 yilda Yugoslaviya ximik Limi
Leopold Rujichka tomonidan toza holda ajratib olinadi va keyin laboratoriya sharoitida sintez
qilinadi.
1958 yili amerikalik vrach Djon Zigler maxsu ravishda adrogen ta’sirini kamaytirib
tayyorlagan "DIANABOL" degan anabolik steroid preparatini birinchi marta sport amaliyotida
qo‘llaydi.
Shundan boshlab dopinglarni qo‘llash yangi yera anabolik steriodlar yerasi
boshlanadi. Steroidlar kasalligi tez tarqalib ketadi. Bunga asosiy sabab musobaqa davrida
bundayin preparatlarni qabul qilish zaruriyati bo‘lmasligi va natijada doping nazoratidan xolis
bo‘lish, qisqa muddat ichida mushakning massivi va kuchini kupayishi hamda steriod
garmonlarini qabul qilishni sodda oqibatlarini bilmaslik va x.k. Afsuski bu sohada bizning
mamlakatimiz dunyo standartlariga yetibgina qolmasdan, balki ba’zi bir pozisiyalarida, ulardan
ham o‘tib ketadi. Ko‘plab dalillar shuni ko‘rsatadiki, taqiqlangan preparatlar faqat katta yoshdagi
sportchilar orasidagina yemas, balki o‘smirlar orasida ham keng tarqalmoqda. Bu juda ham
xavflidir. Ayniqsa,ta’qiqlangan preparatlarni qabul qilish sportchining og‘ir atletika va atletik
gimnastika kabi turlarida keng tarqalgan.