V- namunani ochishda sportchining o‘zi yoki uning vakolatlik jinsi qatnashishi
mumkin. Agarda V- namunada
taqiqlangan moddalar topilsa, sportchiga tegishli jazo
sanksiyalari qo‘llaniladi. Bordi- yu
V- namuna taqiqlangan moddalar borligi tasdiqlanmasa u holda A - bionamunasining
tekshirish natijalari bekor qilinib sportchiga hech qanday jazo sanksiyalari qo‘llanilmaydi.
Sportchining doping nazoratidan o‘tishdan bosh tortishi yoki uning natijalarini
qalbakilashtirish natijalarini buzibko‘rsatishga yo‘naltirilgan barcha manupulyasiyalarni o‘z
ichiga oladi.
Jumladan, siydikni almashtirib qo‘yish imkoniyatlarini (katetirizasiya va siydik
pufakchasiga taqiqlangan preparatlardan xolis bo‘lgan sun’iy yoki tabiiy boshqa siydikni
yuborish: mikro koteyinlardan foydalanish: dopinglarni idinfikasiyasini qiyinlashtiradigan
aramatik birikmalarni yuborish yoki qo‘shib qo‘yish va x.k). Taqiqlangan manupulyasiyalarga
ba’zi bir xirurgik operasiyalar
ham kiritiladi jumladan, teri ostiga yo‘ldosh to‘qimasini tikib
qo‘yish.
Dopinglarni aniqlash uchun qo‘llanilayotgan siydik bionamunalarni tekshirish fiziko -
ximiyaviy uslublari (xromatagrafiya, masspektromitriya, radioimmunitet analizi, immunaferment
analizi va x.k) juda kam yuqori darajada sezgir va doping darmonlar va ularning hosilalarini
kompyuter yordamida idenfikasiya qilishni o‘z ichiga oladi. Bunday
uslublar juda kam yuqori
aniqlik bilan sportchilarni keyingi hafta yoki keyingi oy mobaynida qabul qilgan doping
moddalarni qoldiqlari yoki ularning parchalanish maxsulotlarini aniqlab bera oladi. Bulardan
tashqari,
shunday metodlar ham borki, ular yordamida "qon dopingi" deb atalmishsportchiga
o‘zining boshqa kishining qonini musobaqa oldidan qo‘yilganini hech bir xatosiz aniqlash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: