Sport mashg‘ulotini boshqarish Mashg‘ulot ta’siri ostida sportchining xolati o‘zgarishi 3 bosqichga bo‘linadi : xafta yoki
oylar bo‘yicha nisbatan bosqich davomida saqlanishi. Masalan : sport formasining xolati
mashg‘ulot jarayonida yetarlicha chiniqmaganligi va x.k.
Joriy xolati: bir yoki bir necha mashg‘ulotni ta’siridagi o‘zgarishi (bu holatlarni
baholash, keyingi mashg‘ulotlarni tuzilshi va yo‘nalishini va ularga nisbatan yuklamaning
kattaligini aniqlashga yordam beradi).
Operativ holati : alohida mashqlarning ta’siri ostida o‘zgaruvchan va tezlikda o‘tuvchi
(bularni mashg‘ulotlar dasturini tuzishda, mashqlarning davom yetish vaqti, xarakteri, shiddati
va uni bajarish, davom yetish vaqti va dam olish intervalining xarakteri xisobga olinadi).
Sport mashg‘uloti jarayonini ko‘p qirraliligi va sportchining doimiy xolda
imkoniyatining o‘zgarishi, har xil omillar ta’sirida uning holatini tebranishi, boshqarishining
negizi bo‘lib hisoblanadi. Bu yesa sportchidan murabbiyga beriladigan teskari aloqasi orqali
beriladi :
1.Sportchidan murabbiyga boruvchi ma’lumotlar (o‘znini sezishi, ishga bo‘lgan munosabati,
kayfiyati va b.k.)
2.Sportchi o‘zini tutishi haqidagi axborotlar (mashg‘ulot ishining xajmi, uning bajarishi,
aniqlangan xatolari va b.k)
3.Mashg‘ulot samaradorligini, qisqa vaqtdagi ko‘rsatkichlari (mashg‘ulot yuklamasi ta’sirida
funksional tizimidagi chegara va o‘zgarishlar xarakteri).
4.Mashg‘ulot samaradorligining yig‘ilishi (kumlyativ) to‘g‘risidagi axborotlar (sportchining
mashqqa chidamlilik holatining o‘zgarish holati).
Sport mashg‘uloti davrlarida bosqichlari bo‘yicha tayyorgarliklari mashg‘ulotni
boshqarish samaradorligi mashq bilan chiniqish mashg‘ulotlarining tuzilishini aniq sonining
ko‘rsatkichlari va sport faoliyati bilan bog‘liqdir.
Bu yesa, bu yoki u sport turlaridagi aniq sport predmetiga xarakterlidir. Shuning uchun
mashg‘ulot va musobaqa faoliyati modelini tuzish va saralash sifatida ham ishlatiladi. (sportda
takomillashtirishning ma’lum bosqichlarida, tanlash sifatida ham ishlatiladi). Keyinchalik
sportchining aniq funksional imkoniyatlarini, modeldagi individual ko‘rsatkichlari bilan
qiyoslanadi va keyingi ish va berilgan samaradorlikka yerishish yo‘nalishi aniqlanadi.
Mashg‘ulot jarayonida rejalashtirilgan natijaga yerishishga yordam beruvchi, mashg‘ulot
vositasi va uslublari amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan siklni yakunlovchi operasiyasi bo‘lib, oraliq nazorat, mashg‘ulot jarayonini
samaradorligini belgilaydi va kerakli vaqtda korreksiya qilinadi. Bu siklning hamma
operasiyalarini amalga oshirishni, yeng kerakli sharoitibo‘lib, har tomonlama tenglashtirilgan
ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Musobaqa faoliyati va sportchining tayyorgarligini aniq tuzilishini
ko‘rsatkichlari model tavsifini, oraliq nazorat ham boshqarishning asosiy ishlanmasi bo‘lib
hisoblanadi. Nazoratning bu natijasi ishning asosiy yo‘nalishi va natijasiga yerishish yo‘lini
aniqlaydi.