2-mavzu. Sportning nazariy asoslari. Reja: Sportchini tayyorlash tizimi



Yüklə 340,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix11.10.2022
ölçüsü340,1 Kb.
#64874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
mavzu. Sportning nazariy asoslari reja Sportchini tayyorlash ti

Uslubga talablar: 

ajratiladigan qismlariga putur yetkazmay qismlarga bo‘lish lozim. Masalan : "Joyida turib 
orqaga salto qilish" buni "Oyoqni faqat ko‘krakka bukkan holatda yuqoriga sakrash " ni 
o‘rganishga kirishmasdan, orqaga ham burilish holatini yuzaga keltirish lozim. Guruhda 
chalqancha yotgan holatda yuqoriga sakrash to‘shakka qaytish. 

Ajratilgan qismlarini o‘rganish mashqlari sifatida harakat faoliyatiga kiritgani ma’qul.
Sakrashlar : uzunlikka sakrash, sakrab chopish, qadamlab sakrash, uch marta sakrashga 
o‘rganishda yondoshtiruvchi mashqlar bo‘lib hisoblanadi. Bu usulni texnik jixatdan murakkab 
bo‘lgan sport turlaridan (sport va gimnastika, konkida figurali uchish akrobatika va boshqalar) 
ayniqsa samarasi hisoblanadi.
Uslubning turlari:

harakat qismlarini ketma ket o‘rganish va ularni bir butunga qo‘shib o‘rgatish (suzish 
usuliga o‘rgatish) 



harakat qismlarini ketma ket o‘rganish va ularni bir birini asta sekin bog‘lash ( sport 
gimnastikasi-snaryadda mashqlar) 

aniqlik kiritish maqsadida harakat qismlarini qisqa muddatga ajratish 

harakat qismlarini "o‘rganish mashqlari" shaklida ishlash. 

asosan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan usullar (rivojlanish usullari) tashqi 
yuklama va dam olishning turli shakllarini aql bilan biriktirish (qo‘yilgan vazifaga muvofiq 
ravishda) uslubning asosini tashkil yetadi. 
Yuklamaning turlari :
Standart yuklama - mashq davomida mushaklar ishining jadalligi va yuklamaning tashqi 
tomoni doimiy ravishda kattaligi saqlanadi. Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik , ruhiy) ham 
doimiy bo‘ladi va ishning doimiyligi proporsional ravishda o‘zgaradi. Masalan : aynan bir 
hildagi og‘irlikni ko‘tarish (ko‘p marta). 

aytilgan tezlikda yugurish. 
O‘zgaruvchan yuklamalar - mashq jarayonida yuklamaning jadalligi o‘zgaradi agar u 
ko‘payish tomonga bo‘lsa, o‘suvchi hisoblanadi. Agar kamayuvchi tomonga bo‘lsa pasayuvchi 
hisoblanadi. Agar har ikki tomonga bo‘lsa o‘zgaruvchan yuklama hisoblanadi. 
O‘suvchan yuklama organizmning funksional holatini oshiradi. Pasayuvchi yuklama
mushaklar ish hajmini oshirishga imkon beradi. O‘zgaruvchan yuklama tanani uning faoliyati 
turli darajalarini oson qo‘shilishiga moslaydi.
Standart yuklama bilan mashq usullari.
Standart yuklamaning ma’nosi shundaki, mashq jarayonida mushak ishlarini doimiy 
jadalligi, boshqacha aytganda yuklamaning tashqi tomonining doimiy kengligi saqlanadi. 
Yuklamaning ichki tomoni (fiziologik, ruhiy) doimiy bo‘lib qolib, ish davomiyligiga mos 
ravishda ortadi. Standart yuklama mashqlar usullari tanani anashu yukka moslashtirishga va 
yerishilgan qayta qurishni mustaxkamlashga qaratiladi. Ular bir tekkisdagi bajarish uslubi
mansub. Yuklama dam olish oraligi bilan uzilmaydi va tashqi kattaliklar (uzoq bir hildagi 
yugurish, yeshkak yeshish, suzish) bo‘yicha o‘zgarmaydi. Masalan : bir hildagi tezlikda 
yugurish, tortilish, arqon bilan sakrash va x.k.
O‘zgaruvchan yuklamaning mashqlar uslublari o‘zgaruvchan yuklamalar-mushak 
ishlarining jadal o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

tana vazifaviy imkoniyatlarini oshishiga olib keluvchi o‘suvchan yuklama asta sekin 
tezlikni oshirib boruvchi yugurish, borgan sari og‘irroq yuk ko‘tarish, snaryadni uloqtirish 
masofasini uzaytirib borish.

mushaklar ish hajmini ko‘paytirish imkonini beruvchi kamayuvchan yuklama. Tezlikni 
kamaytiruvchi yugurish, kamroq og‘irlikdagi yukni ko‘tarish, snaryad otiladigan masofani 
kamaytirish. 

Yüklə 340,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin