2 Harakat ifodaviyligi Harakat yo‘nalishiga ishga jalb yetilgan mushaklar tarkibi bog‘liq. Bu mushaklarni
mustahkamlash uchun mashqlar tanlashda muhim ahamiyatga yega.
Vaqt tavsifi Ularga harakat davomiyligi, tezligi va uzviyligi mansub.
-harakatni davom yetish vaqti
Mashqni davom yetishi umuman uning tanaga ta’siri, yuklamaning kattaligini belgilaydi
(yugurish, arqon bilan sakrash va x.k).
Ayrim harakatning davomiyligi barcha mashqlarga ta’sir yetishi mumkin.
Masalan: harakatning biror bir qismidaga yegilish yoki rostlanishning davomiyligini buzilishi
butun mashqning bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. Saltoni bajarishda guruhlashtirilmaganidan
keyin yerta yoki kech ochilish yerga tushishda aniq bo‘lmasligiga olib keladi.
Harakat tezligi vaqt orlig‘ida harakat miqdorini belgilaydi. Siljish tezligi harakat tezligiga
bog‘liq (yugurish, suzish, yeshkak yeshish va x.k) harakat tezligiga yuklamani kattaligi ham
bog‘liq.
Fazoviy vaqt tavsifi Bular tana va uning qismlarini makonda siljishini belgilaydi:
-tezlik,
-tezlanish,
-sekinlanish.
Dinamik tavsifi Bu harakat jarayonida tashqi va ichki kuchlar o‘zaro aloqasini aks ettiradi. Bosh ichki
kuch - mushakning taranglashuvi. Tashqi kuchlar - og‘irlik (tortish) kuchi, ishqalanish kuchi,
qarshilik kuchi, tayanch mo‘ljali kuchi va x.k.
Misol: og‘ir atletika - og‘irlik kuchi, tayanch mo‘ljal kuchi, markazdan qochish va markazga
intilish kuchi va x.k.
-suzish suvning ishqalanish kuchi
-velosiped muhitning qarshilik kuchi.
Ritmik tavsiflar Harakat ritmi uchun harakatning kuchi, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining
vaqt jihatdan xilma - xil munosabatda bo‘lishi bilan xarakterlidir.
Ritmik harakatning ayrim yelementlari bir butun harakat qilib birlashtirilganligi sababli,
umuman harakatni tezlatish yoki sekinlatishga qaramasdan (barcha yelementlarning tezligini
proporsional ravishda o‘zgartirganda). Bu harakatning umumiy ritmik ko‘rinishi ma’lum
sharoitlarda o‘zgarishsizqolishi mumkin.