O`zbekiston respublikasi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Tepdim terakka chiqdim.
Bir qop un ichida ustun. 
Bir yog`idan qor yog`adi, bir yog`idan do`l yog`adi.
An`anaviy bo`lib qolgan topishmoqlarning aksariyati qofiyalanadi: «O`zi 
yo`qday, uni o`qday», «Otdan baland, itdan past», «Pak-pakana bo`yi bor, 
mallagina to`ni bor», «Qator-qator g`isht terdim, jiyron otni bo`sh qo`ydim» kabi.
Topishmoqlarning bir yoki bir necha narsalarni topish nazarda tutilgan 
namunalari ham bor. Masalan, «Er tagida oltin qoziq» topishmog`ining javobi bitta 
sabzi bo`lsa, 
«Tog`da talaymonni ko`rdim, 
Suvda Sulaymonni ko`rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko`rdim,
Yumalab yotgan toshni ko`rdim». 
 Topishmog`ida bo`ri, baliq, xolvaytar (sumalak), toshbaqa nomlarini topish lozim.
Topishmoq aytishning ham qat`iy an`analari, o`ziga xos tartib-qoidalari 
bo`lgan. Folklorshunos olima Zubayda Husainovaning yozishicha, o`zbek xalqi 
orasida ham juda qadimda biror muayyan vaqtda, biror marosimda topishmoq aytish 
rasm bo`lgan bo`lishi mumkin... Samarqand viloyati Gulbuloq qishlog`ida yashovchi 
Roziya momo Shunday deydi: «Qishning kechasi uzun bo`ladi, ayollar yig`ilib 
urchuq yigiradi, olacha to`qiydi, shu vaqtda yoki kechasi yotgandan keyin topishmoq 
aytish odati bo`lgan. Samarqand viloyatining shimoliy tumanlaridagi o`zbeklar 
yashagan qishloqlarda to`yga boshqa qishloqdan kelgan odamlarni qo`ni-
qo`shnilarnikiga qo`ndirganlar. Yig`ilgan mehmonlar o`rtasida chaldirmoq, jumboq 
aytish ham bo`lgan.
Topishmoq ijrosi uchun kamida ikki kishi, ikki guruh yoki topishmoq aytuvchi 
va uni echuvchilar, javobini topuvchilar bo`lishi kerak. Topishmoqlar navbatma-
navbat aytilgan. Avval bir taraf, topishmoq javobi topilgach esa ikkinchi taraf 
topishmoq aytgan. 
Xalq o`rtasida «O`zi mitti, urdi - yiqitdi», «Ko`k ko`ylakka g`o`za yoydim», 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin