shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan subyektning
shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uning merosxo‘rlarining yozma shaklda, shu jumladan
elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Subyekt shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik
qanday shaklda berilgan bo‘lsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron
hujjat tarzida chaqirib oladi.
22-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish
tartibi
Subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli bo‘lgan, quyidagilar
ko‘rsatilgan axborotni olish huquqiga ega:
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdig‘i;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda qo‘llaniladigan usullar;
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan eri (pochta
manzili), shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yoxud mulkdor va
(yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir ma’lumotlar
o‘ziga oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
tegishli subyektga taalluqli bo‘lgan, ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlarning tarkibi,
ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday ma’lumotlarni taqdim etishning boshqacha
tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash
muddatlari;
ushbu Qonunning
30-moddasida
nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga
oshirilish tartibi;
shaxsga doir ma’lumotlarning amalga oshirilgan yoki mo‘ljallanilayotgan transchegaraviy
uzatilishi to‘g‘risidagi axborot.
Subyektga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berilishiga taalluqli axborotni olishga bo‘lgan huquqi cheklanishi mumkin.
Subyektning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga
taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga
ko‘ra belgilanadi.
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir ma’lumotlariga
ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar:
subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni amalga oshirish to‘g‘risida ilgari
xabardor qilingan bo‘lsa;
shaxsga doir ma’lumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bo‘lsa yoki
hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbadan olingan bo‘lsa;
bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlari buzilishiga olib keladigan bo‘lsa.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish
to‘g‘risidagi xabarnoma so‘rov bergan subyektga o‘n kun ichida yozma shaklda yuboriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish
to‘g‘risidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: