1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

26-modda. Biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov berish
Subyektning anatomik va fiziologik o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir
ma’lumotlar biometrik ma’lumotlardir.
Subyektning nasldan-naslga o‘tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo‘lgan,
subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa
elementni tahlil qilish natijasi bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar genetik ma’lumotlardir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Subyektning shaxsini aniqlash uchun foydalaniladigan biometrik va genetik ma’lumotlarga
faqat mazkur subyektning roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, bundan O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarini ro‘yobga chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish, ijro ishini yuritish bilan
bog‘liq hollar mustasno, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlov
berilishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron shakldagi biometrik va genetik ma’lumotlardan axborot tizimlaridan tashqarida
foydalanish va ularni shunday tizimlardan tashqarida saqlash faqat ulardan ruxsatsiz foydalanishni
istisno etadigan axborot tashuvchi moddiy jismlarda amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish
27-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish kafolatlari
Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir ma’lumotlarni himoya
qilish bo‘yicha quyidagilarni ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi:
subyektning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;


shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin