1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

27 -modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berishning alohida shartlari
Mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir
ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan
Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar
bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini,
tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shart.
(27 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son — 2021-yil 16-
apreldan kuchga kiradi)
28-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi
Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir
ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida mulkdor va (yoki) operator
yoki shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi
majburiy bo‘lgan talab shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligidir.
Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan
boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor
etmasligi va tarqatmasligi shart.
29-modda. Hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar
Subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoki maxfiylikka rioya etishga
doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir ma’lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan
shaxsga doir ma’lumotlardir.
Aholini axborot bilan ta’minlash maqsadida shaxsga doir ma’lumotlarning hamma
foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalari (shu jumladan biografik ma’lumotnomalar, telefon, manzil
kitoblari, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan elektron axborot resurslari) yaratilishi mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlarning hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbalariga
subyektning yozma roziligi bilan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, manzili,
abonent raqami, kasbi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda subyekt tomonidan ma’lum qilinadigan
boshqa shaxsga doir ma’lumotlar kiritilishi mumkin.
Subyekt haqidagi ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlarning hamma foydalanishi mumkin
bo‘lgan manbalaridan uning murojaatiga ko‘ra, rozilik qanday shaklda berilgan bo‘lsa, shunday
shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida, shuningdek vakolatli davlat
organining yoki sudning qaroriga ko‘ra chiqarib tashlanishi mumkin.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin