1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berish



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

25-modda. Shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berish
Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid
e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a’zolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek
jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik
to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsga doir maxsus ma’lumotlardir.
Shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning
uchinchi qismida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
Shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya
qilishni ta’minlash maqsadida;
agar subyekt o‘z shaxsga doir maxsus ma’lumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan bo‘lsa;
agar shaxsga doir maxsus ma’lumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin
bo‘lgan manbalarda e’lon qilingan bo‘lsa;
subyektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida;
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza
qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga


oshirilayotganda;
davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat
organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanilganda,
ularni egasizlantirish sharti bilan;
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda,
bunday ma’lumotlarga shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash majburiyati
zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi
tomonidan ishlov berilishi sharti bilan;
mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayotganda va majburiyatlar
bajarilayotganda;
subyekt muomalaga layoqatsiz bo‘lgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda
subyektning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta’minlanayotganda;
shaxsga doir ma’lumotlar, shu jumladan saylab qo‘yiladigan davlat lavozimlariga
nomzodlarning shaxsga doir ma’lumotlari hammaga e’lon qilinganda;
nodavlat notijorat tashkiloti, diniy tashkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyushmasi faoliyati
amalga oshirilayotganda, ishlov berish faqat shu tashkilotlar va birlashmalar a’zolarining yoki
xodimlarining shaxsga doir ma’lumotlariga taalluqli bo‘lishi hamda subyektlarning roziligisiz
uchinchi shaxsga berilmasligi sharti bilan;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalash uchun joylashtirilayotganda
(patronat) hamda vasiylik va homiylikni ta’minlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar amalga
oshirilayotganda;
shaxsga doir ma’lumotlarga davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlov berilayotganda;
sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari, shuningdek
boshqa shaxslar tomonidan ishlov berilayotganda.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin