1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining huquqiy
maqomi va asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan
buyon matnda
Milliy gvardiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
qo‘shinlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar
profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega
bo‘lgan maxsus turidir.
Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
terrorizmga
qarshi
kurashishda,
shuningdek
terrorchilik
harakatlarining hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish;
tergovga qadar tekshiruvni
amalga oshirish, surishtiruv o‘tkazish,
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
yuritish;
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni hamda boshqa
obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan
mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon
berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash,
bartaraf etish;
jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlar, mitinglar,
yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazilayotganda
hamda fuqarolar gavjum
bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash;
favqulodda holat, alohida davr va terrorchilikka qarshi operatsiyalarni
o‘tkazish sharoitlarida huquqiy rejimni ta’minlash;
qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish;
chet davlatlarning rasmiy vakillarini, oliy darajadagi xorijiy
delegatsiyalarni kutib olishda va kuzatib qo‘yishda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti ishtirokidagi tantanali tadbirlar chog‘ida rasmiy marosimlarni
o‘tkazish;
2
huquqbuzarliklarning
oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek
qo‘yish maqsadida aholi punktlaridagi jamoat joylarida patrullik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining hududiy mudofaasi tizimida O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarini jangovar qo‘llash rejalari bo‘yicha maxsus
vazifalarni hal etish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmatining
Chegara qo‘shinlariga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini
qo‘riqlash hamda himoya qilishda ko‘maklashish.
Milliy gvardiya O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq boshqa
vazifalarni ham bajarishi mumkin.