23-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining)
harbiy xizmat (xizmat) muddatlari va ularni uzaytirish uchun asoslar
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining harbiy xizmat muddatlari va
ularni uzaytirish tartibi ushbu moddaning uchinchi qismini hisobga olgan
10
holda umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshi safdorlar va
serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik
besh yoshni (generallar uchun — oltmish yoshni), ayollar uchun esa (mavjud
maxsus unvonidan qat’i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
Milliy gvardiyaning yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan
lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy
xizmatni (xizmatni) o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning (xodimlarning)
xizmat muddati Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ushbu xodimlarning
roziligi bilan besh yilgacha, Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalarida
professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga yoki
ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslarga esa o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga
uzaytirilishi mumkin.
Xizmat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror xodimni ushbu
Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha Milliy gvardiyadan bo‘shatish
ehtimolini istisno etmaydi.
24-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini)
harbiy xizmatga (xizmatga) tiklash tartibi
Harbiy xizmatchilarni Milliy gvardiyadagi harbiy xizmatga tiklash tartibi
umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoki
xizmatdan asossiz bo‘shatilganligi e’tirof etilgan hollarda, ularni Milliy
gvardiyadagi xizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud
Milliy gvardiya qo‘mondonining qarori asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga tiklanishi lozim bo‘lgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatlariga
kiritish va lavozimga tayinlash Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan
amalga oshiriladi.
Xizmatga tiklanishni xohlovchi shaxslar bo‘shatilgan kundan yoki
sudning xizmatga tiklash to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran
uch oy muddatda xizmatga tiklash haqidagi iltimosnoma bilan Milliy
gvardiyaga murojaat qilishi kerak.
Shaxsni Milliy gvardiyadagi xizmatga tiklash bo‘shatilgan kundan
tiklangan kunga qadar bo‘lgan davrni hisobga kiritish sharti bilan avvalgi
maxsus unvonni berish, ustamalarni va xizmat yillarini hisoblab chiqarish,
avvalgi lavozimga tayinlash yoxud buning imkoni bo‘lmasa, unga teng yoki
boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Agar shaxs xizmatdan bo‘shatilgan kundan yoki sudning xizmatga
tiklash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy muddat
o‘tganidan keyin Milliy gvardiyaga murojaat qilsa, uch oylik muddat o‘tgan
paytdan e’tiboran to xizmatga tiklanguniga qadar bo‘lgan davr navbatdagi
maxsus unvonni olish, ustamalarni hisoblash va pensiya tayinlash uchun
xizmat yillarini hisoblash bo‘yicha uzluksiz stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Uch
oylik muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu davr
Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tiklanishi mumkin.
|