18-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) xizmat guvohnomasi va jetoni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Milliy gvardiya
qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunalardagi xizmat
guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Xizmat guvohnomasidan va jetondan foydalanish tartibi Milliy
gvardiyaning ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
19-modda. Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) tegishli ma’lumotga ega
bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra Milliy gvardiya
harbiy xizmatchisining (xodimining) xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Harbiy xizmatga fuqarolar umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
Xizmatga o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan va o‘ttiz yoshdagi
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan
Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
muvofiq qabul qilinadi.
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish tartibi Milliy
gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, Milliy gvardiyaning ayrim bo‘linmalariga, Milliy
gvardiya xodimlari lavozimiga o‘ttiz yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar, agar ular
xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati
uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin.
Milliy gvardiyaning o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan
ayrim bo‘linmalari va lavozimlarining ro‘yxati Milliy gvardiya qo‘mondoni
tomonidan belgilanadi.
Erkaklar Milliy gvardiyaga xizmatga kirguniga, Milliy gvardiya xodimi
lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan
o‘tishi kerak.
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlardan
xodimlar Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) ushbu moddaning
uchinchi va beshinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan
holda, Milliy gvardiya qo‘mondonining qaroriga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
7 Siyosiy partiyalarning a’zolari bo‘lgan, Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga
(xizmatga) qabul qilingan fuqarolar xizmatni o‘tash davrida siyosiy