8
Milliy gvardiya uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) malakasini oshirish Milliy
gvardiyaning ta’lim
muassasalari, harbiy ta’lim muassasalari, shuningdek
boshqa ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlari
Milliy gvardiyada harbiy xizmatda (xizmatda) deb hisoblanadi, bundan chet
ellik fuqarolar mustasno.
22-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini)
bo‘shatish
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini harbiy xizmatdan bo‘shatish
tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Milliy gvardiyaning xodimini xizmatdan bo‘shatishga quyidagilar asos
bo‘ladi:
o‘z xohishi bo‘yicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat
muddatini o‘tamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga y
etganligi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi —
xodimning bildirgisi asosida;
tashkiliy-shtat o‘zgarishlari;
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik
to‘g‘risidagi xulosasi asosida;
sog‘lig‘ining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning Milliy
gvardiyadagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat
bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan
taqdirda,
egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi
haqidagi xulosasi asosida;
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
malakasi yetarli emasligi oqibatida
egallab turgan lavozimiga
noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi;
Milliy gvardiya xodimining sha’ni va qadr-qimmatiga putur
yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy
kuchga kirganligi;
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgan taqdirda, muntazam
ravishda xizmat intizomini buzganligi;
boshqa davlat organiga xizmatga o‘tganligi (kadrlarning amaldagi
zaxirasiga kiritilmagan holda);
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bekor qilinganligi yoki chet davlat
fuqaroligini olganligi;
xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va
taqiqlarga rioya etmaganligi.
Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan bo‘shatilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi:
9
tibbiyot muassasalarida davolanishda bo‘lganida,
ular Milliy
gvardiyaning va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb
topilganda;
ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lganda;
asirga yoki garovga olinganda (bundan o‘z ixtiyori bilan asirga tushish
hollari mustasno).
Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan,
sudda
ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud
hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, u xizmatdan bo‘shatilishi mumkin
emas.
Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga yoki sudga murojaat
qilish orqali o‘zining xizmatdan bo‘shatilishi ustidan shikoyat qilish huquqiga
ega.
Xizmatdan
bo‘shashga
qaror
qilgan
xodim
bo‘shash
rejalashtirilayotgan kundan kamida ikki oy avval bo‘linma boshlig‘iga
(komandiriga) bildirgi bilan murojaat etadi.
Xodimlarni xizmatdan bo‘shatish:
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik”
unvonidagilarni ham — Milliy gvardiya qo‘mondonining yoki xizmatga qabul
qilish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya bo‘linmasi boshlig‘ining buyrug‘i
bilan;
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvondagilarni —
belgilangan
tartibda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Xodim xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan
so‘ng o‘tagan xizmat muddati bo‘yicha pensiya olish huquqini beruvchi
bo‘shatilish huquqiga ega bo‘ladi, bu muddat Milliy gvardiyaning, O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va xorijiy davlatlarning (xalqaro
shartnomalarga muvofiq Milliy gvardiya tomonidan yo‘llanganlar uchun) oliy
ta’lim muassasalarida, O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim
muassasalarida o‘qish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli
harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash davrini
ham o‘z ichiga oladi.
Xodimlar halok bo‘lganligi (vafot etganligi), bedarak yo‘qolgan deb
topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi
munosabati bilan Milliy
gvardiyaning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqariladi.
Sudning bedarak yo‘qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish
to‘g‘risidagi qarori bekor qilingan taqdirda, bedarak yo‘qolganligi yoki vafot
etgan deb e’lon qilinganligi sababli ilgari shaxsiy tarkib ro‘yxatidan
chiqarilgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatiga yangitdan kiritish Milliy
gvardiya qo‘mondonining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: