Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
O

21-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilinadigan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy 
tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan o‘tadi. 



Milliy gvardiya uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) malakasini oshirish Milliy 
gvardiyaning ta’lim muassasalari, harbiy ta’lim muassasalari, shuningdek 
boshqa ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlari 
Milliy gvardiyada harbiy xizmatda (xizmatda) deb hisoblanadi, bundan chet 
ellik fuqarolar mustasno. 
22-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) 
bo‘shatish 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini harbiy xizmatdan bo‘shatish 
tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida belgilanadi. 
Milliy gvardiyaning xodimini xizmatdan bo‘shatishga quyidagilar asos 
bo‘ladi: 
o‘z xohishi bo‘yicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat 
muddatini o‘tamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida; 
xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligi; 
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi — 
xodimning bildirgisi asosida; 
tashkiliy-shtat o‘zgarishlari; 
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik 
to‘g‘risidagi xulosasi asosida; 
sog‘lig‘ining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning Milliy 
gvardiyadagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat 
bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, 
egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi 
haqidagi xulosasi asosida; 
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi; 
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga 
noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida; 
xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi; 
Milliy gvardiya xodimining sha’ni va qadr-qimmatiga putur 
yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi; 
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy 
kuchga kirganligi; 
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgan taqdirda, muntazam 
ravishda xizmat intizomini buzganligi; 
boshqa davlat organiga xizmatga o‘tganligi (kadrlarning amaldagi 
zaxirasiga kiritilmagan holda); 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bekor qilinganligi yoki chet davlat 
fuqaroligini olganligi; 
xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va 
taqiqlarga rioya etmaganligi. 
Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan bo‘shatilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi: 



tibbiyot muassasalarida davolanishda bo‘lganida, ular Milliy 
gvardiyaning va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 
tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb 
topilganda; 
ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lganda; 
asirga yoki garovga olinganda (bundan o‘z ixtiyori bilan asirga tushish 
hollari mustasno). 
Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda 
ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud 
hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, u xizmatdan bo‘shatilishi mumkin 
emas. 
Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga yoki sudga murojaat 
qilish orqali o‘zining xizmatdan bo‘shatilishi ustidan shikoyat qilish huquqiga 
ega. 
Xizmatdan 
bo‘shashga 
qaror 
qilgan 
xodim 
bo‘shash 
rejalashtirilayotgan kundan kamida ikki oy avval bo‘linma boshlig‘iga 
(komandiriga) bildirgi bilan murojaat etadi. 
Xodimlarni xizmatdan bo‘shatish: 
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” 
unvonidagilarni ham — Milliy gvardiya qo‘mondonining yoki xizmatga qabul 
qilish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya bo‘linmasi boshlig‘ining buyrug‘i 
bilan; 
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvondagilarni — belgilangan 
tartibda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 
Xodim xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan 
so‘ng o‘tagan xizmat muddati bo‘yicha pensiya olish huquqini beruvchi 
bo‘shatilish huquqiga ega bo‘ladi, bu muddat Milliy gvardiyaning, O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va xorijiy davlatlarning (xalqaro 
shartnomalarga muvofiq Milliy gvardiya tomonidan yo‘llanganlar uchun) oliy 
ta’lim muassasalarida, O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim 
muassasalarida o‘qish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli 
harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash davrini 
ham o‘z ichiga oladi. 
Xodimlar halok bo‘lganligi (vafot etganligi), bedarak yo‘qolgan deb 
topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Milliy 
gvardiyaning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqariladi. 
Sudning bedarak yo‘qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish 
to‘g‘risidagi qarori bekor qilingan taqdirda, bedarak yo‘qolganligi yoki vafot 
etgan deb e’lon qilinganligi sababli ilgari shaxsiy tarkib ro‘yxatidan 
chiqarilgan shaxslarni shaxsiy tarkib ro‘yxatiga yangitdan kiritish Milliy 
gvardiya qo‘mondonining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin