5
Zarur bo‘lgan hollarda, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni o‘tashga
kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Kuchaytirilgan rejim Milliy gvardiya
xodimlari uchun kuniga ish
vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini
nazarda tutadi.
Sutkalik rejim Milliy gvardiya xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo‘shin payogi normalari
doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o‘rniga
xizmatni o‘tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda xizmatni sutkalik
o‘tash belgilanishini nazarda tutadi.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish Milliy
gvardiya qo‘mondonining buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Milliy gvardiya xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish
uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan holda
davomiyligi o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’til
beriladi.
Milliy gvardiya xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi
xizmat davri
uchun:
o‘n yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh kun;
o‘n besh yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n kun;
yigirma yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh kun bo‘lgan, haq
to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
Milliy gvardiya xodimlariga boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi
mumkin.
Milliy gvardiya xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq
to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Xizmat
faoliyatida
yuqori
natijalarga
erishganlik,
xizmat
majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va
Milliy gvardiya tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishga hissa
qo‘shganlik, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va jasorat
ko‘rsatganlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga
oshirganlik hamda boshqa
alohida
xizmatlari
uchun
Milliy
gvardiya
xodimlari
O‘zbekiston
Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim etilishi,
shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ta’sis etiladigan
farqlovchi idoraviy belgilar bilan mukofotlanishi mumkin.
Milliy gvardiya xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda
quyidagilar tushuniladi:
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar
harakatlarda ishtirok
etish;
xizmatni (jangovar xizmatni) o‘tash;
xizmat safarida yoki davolanishda bo‘lish;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki agar xizmat
zarurati shuni taqozo etsa, Milliy gvardiya organlari hududida bo‘lish;
xizmat, davolanish joyiga borish yoki u yerlardan qaytish;
yig‘inlarda ishtirok etish;
6
asirlikda bo‘lish (bundan o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari
mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo‘lish;
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan
tartibda bedarak
yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar;
shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga
doir harakatlar;
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish;
sud tomonidan Milliy gvardiya xodimining shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.
Dostları ilə paylaş: