3
9-modda. Milliy gvardiyaning davlat organlari va boshqa
tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan
hamkorligi
Milliy gvardiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat
organlari
va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda
fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Milliy gvardiyaga uning
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda o‘z
vakolatlari doirasida
ko‘maklashishi shart.
10-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining)
qonuniy talablarini bajarish majburiyligi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) o‘z vakolatlari
doirasida qo‘yilgan
qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish,
hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish,
mutaxassis
ajratish, Milliy gvardiyaga kelish hamda aniqlangan
qonunbuzarliklar
xususida
tushuntirishlar
berish
to‘g‘risidagi,
qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon
bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablari barcha
davlat
organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiydir.
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni bajarish uchun
zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabi
bo‘yicha bepul taqdim etiladi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablari
ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini to‘xtatib turmaydi.
Dostları ilə paylaş: