ustidan nazorat
Milliy gvardiyaning faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xil ijro
etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga
bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga
oshiriladi.
Prokurorlar Milliy gvardiyaning jangovar-xizmat faoliyati to‘g‘risida
o‘ziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallardagi ma’lumotlarning
maxfiyligini ta’minlaydi.
52
52-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va
ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa
manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini
hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
53-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-
huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
54-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach
kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-noyabr,
O‘RQ-647-son
Dostları ilə paylaş: |