48
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) qonunchilikda
belgilanadigan
tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan
foydalangan
holda kvartiralar olish, shuningdek yer uchastkalarini
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan
tartibda elektron-onlayn auksionlar vositasida sotib olish bilan bog‘liq
xarajatlarning o‘rni qoplanishi huquqi beriladi.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-
iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Milliy gvardiyaning jangovar va maxsus vazifalarni bajarishda bevosita
ishtirok etgan hamda buning oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan harbiy
xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek Milliy gvardiyaning jangovar
vazifalarni bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari (xodimlari) oila
a’zolariga qonun hujjatlariga
muvofiq imtiyozlar beriladi, bunda harbiy
xizmatni (xizmatni) o‘tash joyi bo‘yicha haloq bo‘lgan harbiy xizmatchilarga
(xodimlarga) ajratilgan uy-joy maydoni mulk huquqi
asosida ularning oila
a’zolarida qoladi.
Dostları ilə paylaş: