12
jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan
shaxslarni topish va ushlash maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarning
turar joylarida va boshqa obyektlarida ularning roziligi bilan vaqtincha bo‘lish;
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga borish, zarur bo‘lgan
hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish, davlat organlaridan va boshqa
tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlarni
hamda materiallarni so‘rash va olish;
Milliy gvardiyaning ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallar
yuzasidan fuqarolarni,
mansabdor shaxslarni chaqirish, zarur hujjatlarni,
ma’lumotlarni hamda ularning ko‘chirma nusxalarini bepul olish;
fuqarolarni o‘z roziligi bilan Milliy gvardiyaga ko‘maklashishga jalb
etish, ko‘maklashgan fuqarolarni taqdirlash;
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan
taqdimnomalar kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan
ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini
aniqlash va surishtiruv organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish,
shuningdek jinoyatlarning oldini olish uchun bepul foydalanish;
qo‘riqlanadigan obyektlarning xodimlaridan, mansabdor shaxslaridan
va boshqa fuqarolardan obyektga ruxsatnoma bilan kirish hamda uning ichki
rejimlariga rioya etishini talab qilish;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishda gumon
qilinayotgan shaxslarni ushlab turish va Milliy gvardiya organlariga yoki
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda olib borishni amalga
oshirish;
qo‘riqlanadigan obyektlarga qonunga xilof ravishda kirib olgan
shaxslar ta’qib qilinayotganda qo‘riqlanadigan obyektlar binolariga
moneliksiz kirish hamda ularni ko‘zdan kechirish;
qo‘riqlanayotgan
obyektlarda
jinoyatlar
yoki
ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va
ularni Milliy gvardiya organlariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
olib borish uchun tashkilotlarning hamda qo‘riqlanadigan obyektlar
mulkdorlarining transport vositalaridan foydalanish;
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun
ichki ishlar organlarining, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va
idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etishni, g‘ayrihuquqiy
harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, bu talablar
bajarilmagan taqdirda esa
majburlov choralarini qo‘llash;
joy uchastkalarini, turar joylarni, imoratlarni va boshqa obyektlarni
o‘rab olish (to‘sib qo‘yish);
Milliy gvardiyaning vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha
normativ-huquqiy
hujjatlar
qabul
qilish,
qonun
hujjatlarini
takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
13
Milliy gvardiya organlarida davlat sanitariya va yong‘in nazoratini,
shuningdek transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga
oshirish;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotdan foydalanish;
Milliy gvardiyada axborotni
kriptografik himoya qilish, maxsus aloqa,
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni himoya qilish,
shu jumladan hisoblash texnika vositalarida (axborotlashtirish vositalarida)
ishlov berish chog‘ida, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan
o‘tkazish, davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotni texnik jihatdan himoya qilish, axborot xavfsizligi, maxfiy
axborot xavfsizligi sohasida faoliyatni va nazoratni amalga oshirish,
shuningdek Milliy gvardiya organlari faoliyatining mazkur sohalarida
tekshiruvlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotga ishlov berish va uni texnik jihatdan himoya qilish chog‘ida
foydalaniladigan axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni
texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga, shuningdek
axborotlashtirish obyektlarining Milliy gvardiya organlaridagi axborot
xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiya o‘tkazishga doir
faoliyatni amalga oshirish;
Milliy gvardiya tizimida o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyatni
amalga oshiruvchi bo‘linma va boshqa tuzilmalar (jangovar bo‘linma va
tuzilmalar bundan mustasno) tashkil etish.
Milliy gvardiya qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham
ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: