18
davlat hokimiyati va huquq-tartibot organlari vakillariga nisbatan kuch
ishlatish bilan bog‘liq ommaviy tartibsizliklarga hamda ruxsat etilmagan
mitinglarga chek qo‘yishda qo‘llash huquqiga ega.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda
o‘qotar qurolni qo‘llash ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni
qo‘llash huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari
ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum
bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni, shu jumladan
shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli
qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy
xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib,
guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy
a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi,
bundan odam qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga
haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Milliy gvardiya ta’minotida turgan maxsus vositalarning ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: