21
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari), pensionerlari bir
yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort
sharoitida davolanish
huquqiga ega.
Milliy
gvardiya
harbiy
xizmatchilarining
(xodimlarining),
pensionerlarining va ular oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash hamda
mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
dori vositalari, tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan olinadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch
tibbiy yordam va rejali
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini
(xodimlarini) tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tibbiy yordam olish uchun
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi
xulosasi asosida amalga
oshiriladi.
Xodimlarni tibbiy tekshiruvdan va harbiy-tibbiy ekspertizadan
o‘tkazish, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) tibbiy-sanitariya hamda
sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: