6. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o'rni Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o'ynaydi. Shunga ko'ra
maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go'zalliklarini
ko'ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to'g'ri tushunchalar hosil
qilish, ularga ekologik ta'limtarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o'zi
tabiatni sevuvchi, jonli vajonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo'lmog'i lozim.
Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bolajon» tayanch dasturida berilgan
tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim boigan
bilim, ko'nikma, malakalar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda
olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to'g'ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o'simliklar,
tirik burchakdagi xona o'simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish
ko'nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to'g'ri yo'lga
qo'yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini
shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o'rganib, ular haqida dastlabki
tushunchalar beradi.
Pedagogik vazifalar: .fanning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi, fanning tarkibiy
tuzilmasi, o’quv faoliyatini baholash mezonlari, tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro’yxati haqida
ma’lumot beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirish
metodikasi fanini o’rganish zarurligini tahlil qiladi.
O’qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar.