Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

O‘GʻIRLANGAN VAQT
Hisobiga yetolmay qolaman ba’zan
Qancha o‘g‘irlangan umrim­vaqtimning.
Qancha yozilmagan she’rim­baxtimning
Hisobiga yetolmay qolaman ba’zan.
Hissiz, dabdabali bekorchi nutqlar,
Jadvalini buzgan avtobus hatto,
Imillagan, beg‘am sotuvchidan to –
Jirkanch ig‘volarni tinglagan vaqtlar.
Oh, vaqtlar, yem bo‘lgan sho‘rlik vaqtlar,
Zimmangizda qancha qo‘shiqlar qoldi.
Izhor etilmagan dil­ishqlar qoldi,
Aytilmagan qancha kerakli gaplar.
Goh bitgan, bitmagan, goh chala boblar,
O‘qilmagan qancha kitoblar qoldi.
To‘qilmagan qancha atlas­u shohi,
Ishlanmagan qancha surat, stanok.
Kelajakning olis ketgan nigohi,
Manziliga ba’zan kechikib borgan yuk –
Zimmangizda qoldi izsiz vaqtlar,
Oh, vaqtlar, yem bo‘lgan esiz vaqtlar.
Jazoga tortamiz mol o‘g‘risini,
Brakka boshlaymiz beshafqat hujum.
Lekin nimagadir, gapning to‘g‘risi,
Sizni o‘g‘irlatib, oldirib qo‘yib.
Hatto payqamaymiz yo turamiz jim,
Oh, vaqtlar, yem bo‘lgan sho‘rlik vaqtlar.
1967 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
96
* * *
Osmon yorishmoqda yomg‘irdan keyin,
Gullarning labida lovillar shabnam.
Qaldirg‘och joy izlar qurmoq bo‘lib in,
Payvasta qosh kabi qanotlari nam.
Barglarga ilingan g‘uborni yuvib,
Ko‘z yoshdek tomchilar yerga to‘kilar.
Kimdir qarsak chaldi chumchuqni quvib,
Rang olgan gilosning shoxi silkinar.
To‘ygan chaqaloqning yuzidek xushrang,
Dudog‘idek xushbo‘y bo‘rsildoq g‘uncha.
Kecha gulkosadan mo‘ralab arang,
Xuddi shu gilosdek edi tuguncha.
Bahor rang ulashib, xushnudlik tashib,
Mening hovlimga ham bo‘libdi qo‘noq
Va lekin vasliga to‘ydirmay, shoshib,
Firoq tushgan ishqdek ketibdi yiroq.
Lablarining husni qolibdi gulda,
Osmonga ko‘chibdi ko‘zin yolqini.
Jimigan hislarni qo‘zg‘atib dilda,
Shukrki, benasib qo‘ymadi meni.
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
97
* * *
Seni menga yomon desa kim,
Kechirmayman bir umr uni!
Meni senga yomon desa kim,
Qaro bo‘lsin ro‘zg‘ori, kuni.
Dilim andakkina g‘ashlanib,
Chimirilib olganim uchun,
Diling andakkina g‘ashlanib,
Bir dam qovoq solganing uchun
Kechirmayman ularni hech vaqt!
Ular sevgi kushandalari,
Ular egov umrga, baxtga,
Kechirmayman o‘shandaylarni,
Kechirmayman, kechirmayman hech!
1968
* * *
Ne qilay, dunyoning tashvishlari ko‘p,
Ne qilay, bariga yetmaydi vaqtim.
Qo‘ygin ginalarni, deya qolgin xo‘p,
Yolg‘iz o‘zingsan­ku shodligim, baxtim.
Erkalab kuzatib, erkalab kutib,
Noz­u tavoze­la choy tutib qo‘lda –
Yashashga fursat yo‘q, ammo stolingda
Qaragin, yaraqlab turibdi kuldon.
Chekma deyolmayman, yetmaydi kuchim,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
98
Va lekin xayolan uni o‘chirib,
Xonangni tutundan poklash dardida
Uyg‘oq o‘tiraman sendan narida.
Xating bor har qog‘oz bisotim mening,
Beg‘araz ko‘ngilni kaftda tutganday,
Ortmoqlab o‘tganman bo‘rondan uni.
Yillar bu dardlarni endi yutganday,
Ha, yillar o‘tmoqda qayrilmasdan hech.
Men esa yo‘qolgan shodliklar izin
Axtarish, qaytarish dardi­la notinch.
Uzaytmoq bo‘laman umr tizginin,
O‘ylar otashida bo‘lib jizg‘anak.
Tunlarni tonglarga kiprik bamisol –
Har xil maqom bilan ulaydi yurak.
O‘ylar girdobida men xasta, behol,
Ammo ilg‘ab olar qulog‘im aniq,
Mashinkang chiqillar, bedorsan sen ham.
Eshik tirqishidan bir chiziq yonib,
Oftob bo‘lib kirib yoritar xonam.
Mashinkang chiqillar, to‘xtaydi ba’zan
Bilaman, chekyapsan, chekyapsan ulab.
Koshki ochib qo‘ysa deb derazani,
Kamroq cheksa­chi, deb bo‘laman xunob.
Xonangni tutundan poklash dardida
Bedor o‘tiraman sendan narida.
1968
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
99
* * *
Suv bo‘yida majnuntol,
Soch yozgan suluvmisol.
Tushirganmi uzugin,
Termilib surar xayol.
O‘ltirdim soyasida,
Bag‘rida, qoyasida.
Ishq daftarin o‘qidim
Suvning hikoyasidan.
Sog‘intirsa yuragim,
Visol bo‘ldi tilagim.
Qachon kelar yonimga
Dilginamning tiragi.
Hech ketmasin yiroqqa,
Chidolmasman firoqqa.
Majnuntoldek kutarman,
Kelmaguncha biz yoqqa.
Suv bo‘yida majnuntol,
Soch yozgan suluvmisol.
Tushirganmi uzugin,
Termilib surar xayol.
1968
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
100
* * *
Aqlim tanibmanki, minnatsiz bir baxt,
Minnatsiz umrni qilaman orzu.
Kam­ko‘stsiz hayotni etaman deb taxt,
Tanho tashvish cheksang, dilim ezilar.
Yo‘q, sira yuk bo‘lmay, bo‘layin mador,
Toki ravon bo‘lsin men­la yo‘llaring.
Yiqilsang yiqilgum demasman zinhor,
Turgizmoqqa cho‘zgum nozik qo‘llarim,
Yo‘q, sira yuk bo‘lmay, bo‘layin mador.
1968
* * *
Subhidam gulshanda yor bizdan nechun 
pinhon kezar,
Ne xayollardan tanimda to‘lg‘anib ming jon
kezar.
Kuyidan ortiq bu olamda halovat topmadim,
Garchi vasl ummidi yo‘qdir, o‘rtada hijron 
kezar.
Maysalarda titragan shabnamcha bo‘ldi
ko‘zlarim,
Ul tag‘ofil bir avaylab o‘tmayin chandon kezar.
Ishqida men shoh erurman, u gadosi o‘zganing,
Balki ko‘nglidan so‘roq aylab o‘zi hayron kezar.
Nargis­u rayhon­u gullar, ta’zim aylang poyiga,
Bu Saida nazdida bir sohibi davron kezar.
1968 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
101
* * *
Yomg‘ir savalaydi, ammo shoshmayman,
Tomchi quyiladi kipriklarimdan.
Suv toshib oqadi ko‘priklardan,
Yomg‘ir savalaydi, ammo shoshmayman.
Tabiat yuvmoqda dov­daraxtlarni,
Olam g‘uborsizdek ko‘zimga shu dam.
Bir yengil ruh bilan tashlayman qadam,
Tabiat yuvmoqda dov­daraxtlarni.
Atrofda barq urar tiniqlik, tinchlik,
Havoda suzadi binafsha hidi.
Ishqilib, buzmasin poroxning dudi,
Atrofda barq urar tiniqlik, tinchlik.
Yomg‘ir savalaydi, ammo shoshmayman,
Tomchi quyiladi kipriklarimdan.
Suv toshib oqadi ko‘priklardan,
Yomg‘ir savalaydi, ammo shoshmayman.
1968
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
102
* * *
Bosh egib tinglasam biron ig‘voni,
Siltab tashlamasam – harom shu kunim.
Mayli, boshlab yuray doim g‘avg‘oni,
Mayli, xayollarim bilmasin qo‘nim.
Mehnatsiz bir tiyin kirsa uyimga,
E’tiqod, imondan shu kun men judo.
Boshqacha yashash hech kelmas o‘yimga,
Shu mening jannatim, shu menga Xudo.
Katta ma’rakaga bo‘lmasa pulim,
Chin do‘st non­choyimdan o‘girmas­ku yuz?
Shuni qadrlasa ko‘ksimda qo‘lim,
Afzalroq baxtim yo‘q qilgani ko‘z­ko‘z.
Orasta bo‘lmasa uyim mabodo,
Uzr uchun unga she’r o‘qib bergum.
Shu kech qalam, qog‘oz uchov piyoda,
Mijja qoqmay tonggacha yurdik.
Kunlarim shu taxlit o‘tadi chopib,
Shu taxlit boshlagum yangisini ham...
1968
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
103
* * *
Tinmay shitirlaydi hovlida xazon,
Chirt­chirt uziladi sarg‘aygan yaproq.
Xayoldan o‘tadi yaqin­u yiroq,
Dil xuddi muallaq titragan mezon.
Kuni kechagina g‘uj­g‘uj gullardan
Novdalar yasharib, yashnab turardi.
Bag‘rida quyosh­u shamol yurardi,
Bir g‘uluv uyg‘otib chehra, dillarda.
Xayol olib ketar yana olisga,
Qotgan kurtaklarga boqaman behush.
O‘tgan damlar go‘yo tuyuladi tush,
Xira suratmisol tushadi esga.
Atrofda kuz kezar parishonxotir,
Shumshaygan daraxtlar termilar sokin.
Nenidir shivirlar, shivirlar lekin:
«Aftidan, unutding, unutding, shoir.
Axir she’r ishqida ma’yus bo‘lmasdan
Misrang to‘kilganmi qog‘ozga ravon?
Aytgil­chi, qay birin yozgansan oson,
Ko‘z­u vujudingga xayol to‘lmasdan?
O‘ychan novdamizda uxlaydi bahor,
Kurtakni avaylab, allalab asta.
Ko‘zingga ko‘rinsak goh xomush, xasta,
Bir go‘zal nazmning ishtiyoqi bor.
Nazmimiz bitganda bo‘lamiz gulgun...»
Atrofda kuz kezar parishonxotir,
Unutma, unutma hech qachon, shoir,
Bir tug‘yon oldidan jimjitlik hokim.
1968
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
104
* * *
To‘zg‘iydi o‘rikning gullari tinmay,
Kapalak misoli uchishar yelda.
Goh yerga yopishib shamoldan, seldan,
Oppoq yonog‘iga surtadilar loy.
Ammo shu holda ham chiroyli, nafis,
Go‘yo bir kuldirgich zaminga qo‘ngan.
U mamnun o‘zidan – o‘rnida ungan
Chigitdan g‘o‘rani qilgandayin his.
1968
* * *
Bir olma keladi to‘lqinda o‘ynab,
Qirmizi yonog‘i tortadi nigoh.
Tutolmasdan kimdir oqizoq o‘ynab,
Olis sohilida balki urar oh.
Bo‘tana to‘lqinlar ko‘madi ba’zan,
Ammo yonog‘iga yuqmaydi gardi.
Yiroq tushib borar to‘lqinda suzib,
Kimningdir armoni, kimningdir dardi.
Kimdir tutib olar uni albatta,
To‘lqinlarga yozib kuchli qulochin.
Husniga suqlanib ko‘tarar kaftda.
Ehtimol, kutmoqda shunday bir lochin.
Balki bir tishlar­u otar tuproqqa,
O‘ylab ham o‘tirmas, ko‘rmas tushida.
Ammo u lahzalik o‘yindan yiroq –
Tushgan bir kimsaning pok ishqi edi.
1969
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
105
* * *
Sal narsaga qasam ichmoqlik nega,
Qayerdan bu zaif, bu ojiz jur’at?
Yo‘q, bunday odamlar yoqmaydi menga,
Beburdlikdan shunday qilganlar odat.
Alishmayman bo‘lsa oltin-u olmos,
Shundoqqina aytgan bitta so‘zimga.
Rost so‘zning hech qachon bahosi bo‘lmas,
Nechog‘lik haqligi ayon o‘zimga.
Yolg‘iz bir imon­u bitta e’tiqod,
Vatan, xalq oldida egajakman bosh.
Zarur bo‘lib qolsa qilmoq qasamyod,
Qasam ichmoqqa shunda beraman bardosh.
1969
* * *
Oy yuzini asta chulg‘adi bulut,
Uchdi teraklarning tanga chamani.
Noxush bir g‘ashlikka tashlab sen meni
Nahotki butunlay qilolmading unut?
Oy­ku, sho‘ng‘ib chiqar bulut ostidan,
Koinot belanar qaytadan nurga.
Sevgisiz dil esa boshlaydi go‘rga,
Nahot, sen umrimning qolding qasdida?!
1969
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
106
* * *
Senga sovuq bir so‘z aytgim kelarmi,
Xotirangni qilgim kelarmi majruh?!
Ozor yetkazmoqni ko‘nglim tilarmi,
Qalbimda g‘olibmi yo quvg‘indi ruh?!
Mo‘yqalam olmagan ranglar ko‘p hali,
Qog‘ozga tushmagan nafis hislar ham.
Ifoda topolmay uni aytgali
Yuzi qora bo‘lib turibdi qalam.
So‘zlarga ming jilo bergan ehtiros,
Qirg‘oqqa duch kelgan irmoqdek tindi.
Ilk she’rlarim eslab, titkilab qog‘oz
Ularni izlayman o‘zim ham endi.
Kunlarim o‘tganda sensiz, kulgusiz,
Azaliy makkor ishq qo‘yganda turtib.
Ko‘p gaplarni senga aytganman unsiz,
Jimjit kechalarda tanho o‘y surib.
Shu sovuq yulduzlar bersa guvohlik,
Yellar tilga kirib shivirlasa, oh,
U dardlarni unutib mangu­manguga,
Baxtning boqiyligiga bo‘lardim guvoh.
1969
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
107
* * *
Quyuq kipriklarga qo‘ngandek uyqu,
Shahar uzra sekin tun cho‘kdi vazmin.
Endi chiroqlardan to‘kilgan yog‘du,
Ma’yus siypalaydi yo‘lovchi izin.
Yana Zuhro chiqdi koshonasiga,
Ko‘zida qotgan yosh, labida kulgi.
Toj qilib taqsam der birov boshiga,
Birovga bir chaqa o‘tmas, qalbaki.
Tunni tong quvladi, yulduzni – quyosh,
Shabnam ham ohista o‘chdi bir yonib.
Gullar sergaklanib ko‘tardilar bosh,
Musicha patini tarar quvonib.
Bu so‘lim sabohda nelar kechdiykin,
O‘ylayman, hayratda termilaman jim.
Necha yulduz yonib, nechta o‘chdiykan?..
O‘ylamagan ma’qul, ma’quldir balkim.
1969
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
108
* * *
Kim qo‘liga olsa ham sharhi dilim so‘zlar dutor,
Jon qatida asragan sirimni aylar oshkor.
O‘zga ko‘nglin ovlamoqqa dostonimni ochur,
Goh kulib aytar yana, gohida yig‘lab zor­zor.
Hislarimdan parda bog‘lab olgani yetmasmidi,
Sochlarimdan ham yana ul berahm bog‘labdi tor.
Bor vujudim titratib ishq ahlidan tahsin olur,
Bir asirman notavon ozodligim ko‘p dushvor.
Soch­torim tirnog‘idan ming uzilsa roziman,
Bir qo‘liga olsa­yu, bir bor yuziga bossa yor.
Ishq dashtida, Saida, tanho kezarman demagil,
Har to‘kisni tinglasang, ko‘nglida bir armoni bor.
1970
* * *
Tuni bilan seni o‘yladim
Tushlaringga kirmoqchi bo‘lib.
O‘ylaringda yurmoqchi bo‘lib,
Tuni bilan seni o‘yladim.
Yo chimirilding, seskanding yoki,
Yo xo‘rsinib asta jilmayding.
Kirgan bo‘lsam tushingga koshki,
Kirganimni o‘zim bilsaydim...
Tuni bilan seni o‘yladim.
1970
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
109

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin