Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

CHO‘LI IROQ
Tarixni so‘zlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin «Cho‘li iroq»ni.
Bitta chalib bergin, toki yana ham,
Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.
Bu kuy asrlarning baridan tortib,
Cho‘llarda toliqqan horg‘in karvonday.
Ming xil taqdirlarni ustiga ortib,
Qalbimdan jimirlab o‘tadi qonday.
Tarixning eng olis qatlamlarida,
Armonda uxlagan orzu­alamlar.
Dunyo manglayiga ajin tushirgan,
Dardni, qarilikni yaratgan g‘amlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
72
Sahro chechagining ayanch kulgisi,
Yomg‘irdan jon kirgan tuproqning isi,
Hammasi o‘tadi qalbimni o‘yib.
Tuya bo‘ynidagi qo‘ng‘iroqlarning,
Tashnalik eslatgan jarangi bo‘lib,
Hammasi o‘tadi qalbimni o‘yib.
Tarixni so‘zlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin «Cho‘li iroq»ni.
Bitta chalib bergin, toki yana ham,
Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.
Haddidan oshganga uni chalib ber,
Do‘stlar diydorini g‘animat bilmay,
Sarobga shoshganga uni chalib ber!
Chalib ber, chalib ber, andisha qilmay.
O‘tmishni so‘zlama, o‘git kerakmas,
Shu kuyni bir marta chalib bersang bas.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
73
KUZ
Kuz keldi, yonog‘i kuygan yaproqlar
Keksa ko‘zlar kabi tortibdi xira.
Ammo mevalarga to‘libdi shira,
Yetilib tovlanar ishkomlar, bog‘lar.
Tabiat shunchalar odamparvarki,
Lol qolib boqaman ba’zan ishiga.
Billur jig‘a taqib kumush qishiga,
Yoz bo‘yi buzmaydi gullar tarkini.
Bahorda dam­badam yomg‘ir yuvadi,
Yaproqlar husnini inson ko‘rsin, deb.
Yoz­u kuz quyoshi bulut quvadi,
Mevalar sharbatga to‘lib tursin, deb.
Kuz keldi, yonog‘i kuygan yaproqlar,
Keksa ko‘zlar kabi tortibdi xira.
Ammo mevalarga to‘libdi shira,
Yetilib tovlanar ishkomlar, bog‘lar.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
74
* * *
Yalang‘och novdalar mudraydi karaxt,
Qornimi kutadi tamshanib ko‘kka?
Chayir panjalarin yozib har daraxt,
Bedor qariyadek uxlaydi tikka.
Duv to‘kib oltinrang yaproqlarini
Kimxob poyandozdek yo‘llarga to‘shab.
Nisor qilib butun jon­jahonini,
Kuchdan qolgan munis onaga o‘xshar.
1965
* * *
Gullar yuzida xanda – bu bog‘dan yor o‘tdimi,
Odatin qilmay kanda, yana bedor o‘tdimi?
Yellar nechun sarsari, ketolmaydilar nari,
Ko‘nglimning moh paykari ko‘zi xummor o‘tdimi?
Rayhonga rashk qilib gul, bag‘ri qon bo‘pti butkul,
Yana rayhon hidlab ul, bundan takror o‘tdimi?
Har narsada nur, viqor, hatto tuproq baxtiyor,
Bir­bir bosib beozor, ul beozor o‘tdimi?
Dilda takrorlab otin, tilab umr­u davlatin,
Soyasi bo‘lib tag‘in Saida zor o‘tdimi?
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
75
* * *
Yo‘qlamagan har kuning yilcha bo‘lurmi, hay­hay,
Shunchalik shafqat bilmas dilcha bo‘lurmi, hay­hay.
Xush surating bir nafas tark etmas xayolimni,
Ko‘z shahlo­yu, qosh esa nilcha bo‘lurmi, hay­hay.
Har so‘zda yuz andisha qilg‘um donolig‘ingdan,
Ko‘nglingning nozikligi qilcha bo‘lurmi, hay­hay.
Goh xanjar, goh asaldek so‘zlaringdan dog‘damen,
Jon olib, jon berguchi tilcha bo‘lurmi, hay­hay.
Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay­hay.
1965
* * *
Jiyda gullaridan havo muattar,
Tabiat kuchiga o‘qiyman tahsin.
Sochim, dimog‘imga yashirgim kelar
Shu jajji gullarning tengi yo‘q isin.
Shoxin sindirishdan tiyolmam o‘zni,
Istamasam hamki qilmoqni uvol.
Ba’zan yaxshi narsa yaxshiligidan
O‘z umriga o‘zi bo‘larkan zavol.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
76

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin