YO‘LLAR
I
Yo‘llar, yo‘llar, obod, poyonsiz yo‘llar,
Yo‘llar, yo‘llar olis, ozorsiz yo‘llar.
Bu yo‘llardan go‘yo meni kiftida,
Mehnati, mehrining o‘ti, taftida
Ko‘tarib boradi mingminglab qo‘llar.
Doim qulog‘imda lom ham shag‘alning,
Polvon buldozerning tinmas shovqini.
Ko‘zimda kimlardir tashna lab bilan,
Gʻubor qo‘ngan qoshu tiniq qalb bilan
Miriqib shimirar ter tomgan suvni.
Hatto mashina ham harsillab qolib,
Entikib suv so‘rar bu tog‘larda goh.
Terlagan yag‘rindek yaltillab toshlar,
Bu yerlarda o‘tgan kurash, bardoshlar
Siridan qilgandek bo‘ladi ogoh.
Yo‘llar, yo‘llar, doston satrlaridek
Har qadamda sizni o‘qisa bo‘lur.
Tilaklarni ulab tilaklar bilan,
Yuraklarni ulab yuraklar bilan
Yana olislarga yo‘llar yo‘l olur.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
63
II
Yon bag‘rida o‘tlar qo‘zilar,
Cho‘pon haydab olisdan kepti.
Meni totli go‘sht yesin debdi,
Xushbo‘y, tiniq o‘tlarni izlab.
Yashiklarin ko‘tarib atay,
Asalchi ham chiqmish shahardan.
Meni asl asal yesin deb
Bunda tinmas erta sahardan.
Tashna bo‘lsa zor bo‘lmasin deb.
Buloq ko‘zin ochib ketgan kim?
Oltin qo‘llar, mehribon qo‘llar,
Sizga ming bor qilaman ta’zim.
Yo‘l charchatsa hordiq yozsin deb,
Cho‘qqilarga suhbatgoh qurgan
Ey, tinmagan, aziz odamlar,
Nima qilay, ayting, buyuring.
She’rim bosmas qalbim o‘tini,
Axir u ham sizniki, sizdan.
Nima qilay, ayting, buyuring!
O‘rgilaymi men izingizdan!
Kuyim, o‘yim, bari sizniki,
Siznikiman toki jonim bor.
Nima qilsam, nima yozsam ham
Oldingizda qarzdorman, qarzdor.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
64
III
Tog‘ning kuzi shuncha ko‘hlikmi,
Qalbim, ko‘zim hayratdan soqov.
Sakrab uchib o‘tgan kaklikmi,
Do‘lanalar yonarmi lovlov?
Yon bag‘irlar afsonaku naqd,
Irmoqlari sutmi yo ko‘zgu?
Xuddi gulxan bunda har daraxt,
Xazonlari uchqunning o‘zi.
Shuncha rangni bag‘rida tutgan,
Qoyalarchi, viqorli, kibor!
Ammo qayda go‘zallikki bor,
Unga inson oyog‘i yetgan.
IV
Qorlar to‘yolmasdan tog‘lar husniga,
Bahor lola bo‘lib ochilar emish.
Bahor lola bo‘lib sochilar emish,
Qorlar to‘yolmasdan tog‘lar husniga.
Bahorda yig‘larmish shalola bo‘lib,
Gohi shovillarmish bo‘lib zo‘r daryo.
Ishqin shivirlarmish irmoq bo‘lib yo,
Goh to‘xtab, gohida yelibyugurib.
Bahorda ildizlar bag‘riga singib,
Tog‘lar sharbatini so‘r, deyar emish.
Bo‘ying cho‘z, tog‘larni ko‘r, deyar emish,
Bog‘larda ildizlar bag‘riga singib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
65
V
Yo‘llar topib va topib hamdam,
Cho‘qqilarda yong‘oq unibdi.
Shu zabonsiz toshlar uzra ham,
Gʻolib hayot mag‘rur turibdi.
1965
* * *
Qalbim torlarini goh tonggi nasim,
Goh dag‘al barmoqlar chertar beayov.
Bir satrim irmoqdek quyiladi jim,
Bir satrim ko‘zimga sanchilgudek yov.
Koshkiydi, g‘azabkor, pichingga to‘la
She’rlarni yozmasam, yozmasam sira.
Koshkiydi, barchaga kulgi ulashib,
Hech kimning dilini qilmasam xira.
Ammo shoir dili, tili bir ummon,
Asali tugamas, zahari qochmas.
Ko‘ziga tushmasa o‘sha bir yomon,
U ham behudaga zahrini sochmas.
1965
* * *
Tong bo‘zarib kelardi, yulduzlarning jamoli,
Yana ham yashnab bir dam ochilganday tuyuldi.
Tong yorishib kelardi, go‘yoki shu yulduzlar
Koinotning boshidan kunduz bo‘lib quyildi.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
66
* * *
Badbo‘y shu o‘simlik dard aritarmish,
Go‘yo do‘stning bergan achchiq dashnomi.
Sodiq do‘st yomon kun asqatar emish,
Agar shunday bo‘lsa... Chindan oshnami?
Ko‘z yosh pardasida bo‘lsayu hozir,
Kulgingni ko‘rishga qilmasa toqat.
Shaxsan men bulardan qilaman hazar,
Chunki do‘st baxtidan tirikman faqat.
1965
* * *
Nur bo‘lib porlaydi qalbim she’r yozsam,
Otash ham tiniq o‘t bo‘lib yonur.
Ammo yomonlikni ko‘rsam yo sezsam,
Shunday tutaydiki, dudga aylanur.
Garchi ko‘p yondimu, gohgoh tutadim,
Garchi yomonlikni yaxshilik yengdi.
Ammo shu ozgina tutaganlarim
Yana qancha yonishlarga yetardi.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
67
* * *
Uyquga bosh qo‘ydi oftob ohista,
Kechki shabadada to‘lg‘andi gulzor.
Rang, nusxa ko‘chirib, izlab payvasta,
Kapalakning shunda tunagisi bor.
Atirgul yuzida kuldirgich porlab,
Biram yashnatibdi jamolin, husnin.
Gʻuncha bir kulgiga endi ochgan lab,
Rayhon kokillari ufurar isin.
Yuzidan qon tomgan gultojixo‘roz,
Iligi to‘q elning qarisisimon.
Qaddini ko‘zko‘zlar gulxayri tannoz,
Xinalar uyatchan parilarsimon.
Toj kiygan gulsafsar xayolchan, kibor,
Shoyigulning bag‘ri yonadi lovlov.
Yer bag‘irlab yotar bir gulibeor,
Do‘stlarga qarashga ko‘ngli bermay dov.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
68
* * *
Chumoli uyasin buzgan bolaga
Qizim kuyibpishib qilardi o‘git:
– O‘ldirma, ayasi yig‘laydi axir,
Ayasi izlaydi, qo‘y, tegma, bor, ket!
Zar sochsa bunchalik quvonmas edim,
Bunchalik bo‘lmasdim baxtli, badavlat.
Nahotki, onani o‘ylar go‘dagim,
Nahotki, sololdim qalbiga shafqat!
1965
* * *
Ba’zan ro‘zg‘ordagi biron buyumni
Ko‘zdek ardoqlaymiz changdan va namdan.
Shuncha ayasaydik agar odamni,
Shuncha asrasaydik o‘ksish va g‘amdan,
Yuzlar tabassumdan arimasmidi...
Kasod bo‘larmidi dori bozori?!
Ko‘rmay doktorlarning mehrin, ozorin,
Odamlar ba’zan tez qarimasmidi?!
Sudlar esnabesnab bekorchilikdan
Ish so‘rab kolxozga ketardi balki.
Harqalay, shunaqaroq bo‘lardi, deyman
Uylardan eshitilsa faqat kuy, kulgi.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
69
Dostları ilə paylaş: |