YOMGʻIR SHOVILLAYDI
Yomg‘ir shovillaydi, tinch, issiq uyim
Sog‘inchingga to‘lgan, vaslingga tashna.
Yomg‘ir shovillaydi, chuvalab o‘yim...
Ha, yomg‘ir, daryomas yo emas chashma,
Yomg‘ir shovillar.
Chashmalar bo‘yini xayol qilardim,
Seni ko‘rmoq bo‘lsam, hatto bir nafas.
Gullar hid sochmasa malol kelardi,
Gʻunchalar bag‘rini kuydirgan havas
Biz deb bilardim.
Tog‘larga tirmashib, nurga chirmashib,
Bulutlar qo‘ynida yurardik suzib.
Yellarga tutashib, entikib, shoshib,
Taq, deb yulduzlarni berarding uzib...
Eh, orzu, orzular.
Xayollardan qanot bog‘lab o‘ziga,
U yillar chaqmoqdek bir yonib so‘ndi.
Mushtoqu zor qilib endi iziga
Qirov bo‘lib sochga bildirmay qo‘ndi,
Zorman iziga.
Yomg‘ir shovillaydi, seni kutaman,
Bir choynak issiq choy, shirin bir suhbat –
Evaziga hozir jonni tutaman,
Endi shu qalbdagi sog‘inch, muhabbat,
Dilkash bir suhbat.
Egning, sochingdagi yomg‘ir suvlarin,
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
33
Billur deb atamay artaman qoqib.
Isitmang bor bo‘lsa dilim qiynalar,
Tabletka tutaman rangingga boqib,
Kuyib, tutaqib.
Sensiz hamma narsa sokin, huvillar,
Yomg‘ir shovillaydi, yomg‘ir shovillar...
1963
* * *
Tinmagur yulduzlar charchamadi hech,
Asrlardan beri insonni chorlab.
Ko‘z qisdi, imladi har oqshom, har kech,
Dilga g‘ulu soldi sirli pichirlab.
Aql qanotiga chirmab nurini,
Sehrgar qo‘yniga tortdi hamisha.
Bugun visol dami yaqinligidan
Yuzlari yonmoqda, ko‘zlari yashnab.
Bardoshda yulduzdan ortiq kuchim bor,
Qo‘ymayman yonimga kelmaguningcha.
Shamoldek beorom yelmaguningcha,
Yulduzlar singari kutaman bedor.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
34
QUSH
Bir xayrli ish ishtiyoqida
Achinish, mehrla qafasni ochdim.
Kechdim ko‘nglim yozgan qo‘shiqlaridan,
Shundan oladigan bahradan kechdim.
Uvishgan qanotlar parvozga mahtal,
Balki tushida ham ko‘rar osmonni.
Kishanmas, hatto ip keladi malol,
Bir marta ozodlik ko‘rgan insonga.
Uchishga yaralgan ojiz jonivor,
Qani, yoz chiroyli qanotingni bir.
U bo‘lsa beparvo menga javdirar,
Go‘yo shu qafasga mixlabdi taqdir.
O‘zi bosh chiqarib, o‘zi cho‘chiydi,
Sho‘rlik ishonmasmi yo shuncha qo‘rqoq?
So‘ng pirillab ozgina joygacha uchdi,
Lekin ketolmadi qafasdan uzoq.
Uzoq ketolmadi, chunki shu qafas,
Uni yo‘rgaklagan, tug‘ilgan shunda.
Osmon havosidan olmagan nafas,
Totsaydi, simlarni parchalarmidi.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
35
ZINALAR
Kimnidir yelkasin tutgan yo‘limda,
Kimlarning mehnati ochgan ko‘zimni.
Kimlarning qalbiga, ishiga boqib,
Oynadan ravshanroq ko‘rdim o‘zimni.
Ular behisobdir, garchi tarixda,
Na bir yulduz bo‘lgan, na biron qoya.
Ular kishilikning yo‘liga mag‘rur –
Mardlikla yastangan bir pillapoya.
Toshdan o‘t chiqargan kimdir qachonlar,
Kimdir tayoqda yo qo‘lda yer chizgan.
Kimdir sukut bilan boqib daryoga,
Birinchi martaba yog‘och oqizgan.
Kim nina yasagan, kimdir g‘ildirak,
Kimdir birinchi bor qurgan mo‘rini.
Eng avval bug‘doyni tatib ko‘rgan kim?
Kimdir o‘ylab topgan sochning o‘rimin.
Qushlar parvoziga solib zehnini,
Birinchi martaba xayol surgan kim?
Zinalar, zinalar, buyuk zinalar,
Sizsiz ulg‘aymadi tarixda hech kim.
Bitta pog‘onangiz bo‘lsam koshkiydi,
Kimdir bosib o‘tib oldinga yursa,
Hech qanday umrga kelmasdi rashkim.
Unutilgan bitta pog‘ona bo‘lib,
Sharafli, muborak shu yo‘lda tursam.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
36
* * *
Dunyoda nimaki mavjudot bo‘lsa,
Bariga ruh bergan, bag‘ishlagan jon.
Toshlarga ham husn, umr baxsh etgan,
Ijodkor, mehnatkash, jafokash inson!
Ammo o‘zi bir narsaga hamisha muhtoj,
Yomg‘irga to‘ymagan chanqoq yersimon.
Mehrmuhabbatga tashna, doim och,
Mehrmuhabbatga to‘ymaydi inson.
1963
* * *
Doim tongga yo‘ldosh bo‘lgani uchun
Quyosh chehrasidan arimas xanda.
Shundan ravshan emish ko‘ngli hamisha,
Shundan yoshlik uni qilmasmish kanda.
Tun bo‘lsa ig‘vogar ko‘tararmish bosh,
Kunduz u zaifu, tunda tog‘ emish.
Shundan oy yuzida ma’yuslik va g‘am,
Marmar siynasida shundan dog‘ emish.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
37
NILUFAR
Zilol suv bag‘rida ajib guldasta
Yoki suv parisi ko‘rindimikan?
Yuzida billuriy tomchidan parda,
Balki tabiatning o‘zi rashk qilib
Nazardan saqlashga urindimikan?
Ha, shunday. Tabiat o‘zi ham shaydo,
Beqaror yel emish tog‘u toshlarda.
Tunu kun termilib to‘ymabdi hatto,
To‘ymabdi iboli qarashlariga,
Oxir g‘arq qilibdi ko‘z yoshlariga.
1963
* * *
Novdalar chayqalar sal tursa shamol,
Yo qamchi bo‘ladi birov qo‘lida.
Chinorni egolmas dovul, bo‘ron ham,
Chinor bo‘lgim kelar hayot yo‘lida.
Novdadek singanni oqlarman, ammo
Qamchi bo‘lgannichi? Hech vaqt, mutlaqo!
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
38
* * *
Bahor shamoli esar,
Noz uyquda dovdaraxt.
Bahor shamoli esar,
Novdalar hali karaxt.
Yalang‘och butoqlarga
Qo‘yib mayin yuzini.
Shivirlab qulog‘iga
Aytarmi dil so‘zini?!
Ba’zan qahriga olib,
Chayqaltirib o‘tadi.
Gohi silab, erkalab,
Taltaytirib o‘tadi.
Gohi araz qilganday,
Jimib ketadi birdan.
Yana yelib paydarpay
Qaytadi dala, qirdan.
Orom bermaydi bir zum,
Goh ishq so‘zlab, goh ertak,
Novdalarda tabassum
Qilmagunicha kurtak.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
39
URUGʻ
Beo‘y uloqtirdi uni allakim,
Bilmadi, orzusi faqat shu edi.
OnaYer ko‘ksiga labini bosib,
Endi men yashayman, o‘lmayman, dedi.
1963
* * *
Men yaxshi bilaman, pok bo‘la turib,
Ta’qibkor ko‘zlarga boqish zahmatin.
Ha, yaxshi bilaman, unday kezlarda
Qo‘rqoq, puchaklarning qilgan xizmatin.
Niyat, hislarimni ming bor titkilab,
Biron dog‘ topolmay bo‘lardim hayron.
Ammo uni mendan ko‘p topardilar,
Topardilar har kun, har soat, har on.
Odamlarning mehri qo‘ymadi yolg‘iz,
Ishonch ovutardi ham uxlatardi.
Xayol yulib olib dahshatdan meni,
Xuddi shu kunlarga olddan eltardi.
Ey, mening jafokash, do‘st xayollarim!
Ey, ezgu niyatdan silqigan o‘ylar,
Rahmat sizga ming bor! Aldamadingiz,
Bugun dilim yorug‘, ham yuzim yorug‘,
Yorug‘dir shaharlar, ko‘chalar, uylar.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
40
BAHOR
Husningning menchalik shaydosi yo‘qdir,
Menchalik to‘ymagan gadosi yo‘qdir.
Ko‘kda o‘yin qilgan sho‘x qaldirg‘och ham,
Yashillik yugurgan ham o‘t, og‘och ham,
Bo‘tana suvlarning yuzidagi gul,
Qirdagi lolayu, tog‘dagi sunbul.
Qalbimga soladi rashksimon tuyg‘u,
Qalbimga soladi rashksimon g‘ulu.
Oydinda mudragan behi gulining
Billur kosasiga sig‘olsam deyman.
Yulduzdan dur taqib, yana qolganin
Qo‘ynim, etagimga yig‘olsam deyman.
Gʻunchalar labiga beozor tegib,
Tollar bargagini tortqilab, egib.
O‘ynagan yellarga rashkim keladi,
Yellardek tog‘lardan oshgim keladi...
Hislarimni bo‘ldi shu dam ajib hol:
Bir butoq tepamda silkinib xushhol,
Sekin shivirladi:– Sen, ey odamzod!
Bizlar sening uchun bo‘lganmiz bunyod,
Asli senga mening rashkim keladi.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
41
ILHOM
Uyqumni tortqilar, o‘rnimda ming cho‘g‘,
Butun vujudimni kabob qiladi.
Misralar ming to‘lg‘oq, ming bir dard bilan
Asta tug‘iladi, bog‘laydi urug‘...
Oh, bu mehnatni faqat shoir biladi.
1963
* * *
Ba’zan horib-tolib yumush-tashvishdan
Orom istab ko‘nglim tingisi kelar.
Qushlar qanotiga yengil ilashib,
Jimjit sohillarga qo‘ngisi kelar.
Na qo‘shiq yoqadi, na kulgi, suhbat,
Pashsha ham uchmasa, olsam deyman tin.
Qotib o‘tiraman, bosadi g‘aflat,
Qo‘llarim ortiqcha tuyular sekin.
Uyim ham ko‘zimga shumshuk, ma’nosiz,
Dahshatdan o‘rnimdan turaman sapchib.
O, mehnat, hayotu shodlik doyasi,
Badbaxt etma hargiz sen mendan qochib.
Mayli, changalingda piypalasang ham,
Tovonim qabartsa toshlaring tilib.
Hislar girdobida chirpirak qilib,
She’r ishqida dilim qiymalasang ham
Mayliga.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
42
* * *
Qizginam, ishlaring, tashvishlaring ko‘p,
Mening baxtim bo‘lgan janjal, so‘roqlar.
Mening baxtim bo‘lgan erkaliklaring,
Mening baxtim bo‘lgan xushbo‘y dudoqlar.
Gard yuqmagan uyni nima qilardim,
Dambadam yig‘masam o‘yinchoqlaring.
Xotirjam uyquni nima qilardim,
Yopmasam, ustingni ochgan chog‘laring.
Ba’zan polga tushgan jajji izlardan
Baxtimga boqqanday qilaman huzur.
Oppog‘im, o‘rgilay mehnatlaringdan,
Oppog‘im, hamisha sog‘salomat yur.
1963
* * *
Dilga yaqin, ammo ko‘zdan uzoq yor,
Bir yelkan misoli olis dengizda.
Men esa yillarki, qirg‘oqda tikka,
Gohi umidsizman, gohi umidvor.
To‘lqinlar ko‘zimdan qochgundek notinch,
Poyi g‘uboringni topmay qatida.
Sharpang keltirolmay o‘z qanotida,
Shamol hushtagida yig‘laydi o‘kinch.
Asrlardan beri zordekman shunday,
Darding bilan birga tug‘ilgandekman.
Bir nafas ko‘rmasam bo‘g‘ilgandekman,
Olisdan bo‘lsa ham ko‘ringin kunda.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
43
* * *
Fikrim g‘avvos kabi ko‘nglim tubidan,
Hislar durdonasin izlar dambadam.
Bordiyu topmasa... Unda yo‘q shoir,
Shoirgina emas, yo‘qolur odam.
1963
* * *
Notavon ko‘nglim netardi mubtalosi bo‘lmasa,
Ne qilay, bu mubtalolikning davosi bo‘lmasa.
Yo‘llarida beqadr tuproq bo‘lishga roziman,
Bosib o‘targa uning kibru havosi bo‘lmasa.
O‘zgalarga yor hamisha xushtakalluf, xushchiroy,
Ne uchun bu iltifotlar, bir balosi bo‘lmasa.
O‘zgalar gul tutsa men navro‘zni qoshiga qo‘yay,
Garchi men ko‘zga ilinmas bir gadosi bo‘lmasa.
Shuncha keng olam Saida ko‘zlariga tor bo‘lur,
Vasliga har dam ilinju muddaosi bo‘lmasa.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
44
QALAM
Qog‘ozni madh etsam, sen qilma ta’na,
Bilaman, qaddingni ko‘p yo‘ndim, bukdim.
Qora qoshlaringni ayovsiz to‘kdim,
Baribir go‘zalsan, go‘zalsan yana.
Qalbimdagi ishqni, o‘t, ezgulikni,
Takrorlaytakrorlay bo‘lasan ado.
Ayt, senga, azizim, kim qilmish ato,
Buncha fidoyilik, bu go‘zallikni?
Sensiz kar ham soqov bo‘lurdi qog‘oz,
Dilimni imosiz anglagan do‘stim.
So‘zimni sabotla poylagan do‘stim,
Yozaver, qorayib, kuyib, yonib yoz!
1963
* * *
Qirda lolalarning bag‘riga sho‘ng‘ib,
Bahor hidlarini shimirgansimon.
Har kuni sarxushman, har kuni shodman,
Chunki men insonman, insonman, inson!
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
45
* * *
Har narsaning boshi va oxiri bor,
Kashtami, umrmi va yoki ijod.
Hayotga kelishdagi kayf qayoqdayu,
Ishonmayman,
Ketayotib desalar: men shod.
Yana qandoq hayot, bir nafasini,
Bir nafas tashlashga ko‘z qiymas sira.
Balki shundanmikan, ba’zan satrlar,
Qalbga o‘t sololmay tortgani xira.
Asab ham qariydi, zavq ham, tuyg‘u ham,
She’r ham qarirmi shoir qalbida?
Ba’zan qaymoq bog‘lab, shiraga to‘lib,
Bir cho‘qqining boshi yo oxiri bo‘lib
She’r ham qarirmikan shoir qalbida?
Qarish ham har kimga qilmaydi nasib,
Bu baxtdan agarda bo‘lsam baxtiyor,
Bo‘yimdan balandroq bo‘yin axtarib
Orziqib orqamga qarardim takror.
Orqaga o‘tsamu va bo‘ylarini
Bir kichik ko‘z bo‘lib tomosha qilsam.
Menga kifoyaydi bir vaqt she’rlarim,
Shu ulug‘ dargohga, she’r dargohiga
Kimnidir yetaklab kirganin bilsam.
Beshogird odamday o‘rnim bo‘sh bo‘lsa,
Mendan yasasalar mustahkam devor,
Qulashimni azob bilan kutardim.
Ko‘p bebaxt bo‘lardim, qoya bo‘lsamu,
Lekin bo‘lolmasam biron poydevor.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
46
* * *
Daraxtlar gullabdi mendan yashirin,
Hatto sezdirmasdan tugibdi g‘o‘ra.
Yana pinhon dilga g‘unchalar siri,
Yaproqlar kattayib tortibdi xira.
Nahotki olamga yetgulik ko‘rkin
Shuncha xasislikla yashirdi bahor?
Yoki qaradimmi men unga befarq,
Tavsif qilmadimmi takror va takror.
Qittay befarqlikka qilolmay toqat,
Shunchalik o‘ch olgan ekan tabiat,
Oh, qalbim, bir dam ham shu loqaydlikla
Insondan muhabbat so‘rama hech vaqt.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
47
* * *
Kecha bo‘rtib turgan g‘unchalar bu tong
Oppoq gullar bo‘lib kutdi quyoshni.
Erta g‘o‘ra tugar, keyin bo‘lar bol,
So‘ng sariq libosin yecharkan xushhol.
Keksa qish tiziga qo‘yadi boshni,
Garchand qaytmasa ham bu bahor, ammo.
Dovdaraxtga yangi bahor keladi,
Novdalar qaytadan gulga bezanib.
Kurtaklar yamyashil bargchalar yozib,
Atrofda parvona shamol yeladi.
Inson umriningchi, bahori bitta,
Yozi bor, kuzi bor, lekin yo‘q qishi.
Behuda bemehnat o‘tmasa bahor,
Kuz kelganda uni takror va takror.
Eslab sog‘inishdan qo‘rqmaydi kishi.
Sochga qo‘ngan qirov ham yarashar shunda,
Dard bilan yongan dil ko‘zgusi bo‘lur.
Serquyosh, serchaman bahor husnidek,
Kuzgi mevalarning xushbo‘y isidek,
Umri umrlarning ezgusi bo‘lur.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
48
QOGʻOZ
Qalam tutganimda birinchi marta,
Oppoq chehra bilan kulib qarading.
Do‘stu sirdoshlikka doim yarading,
Tashakkurlar aytay senga ming qayta.
Eng yaxshi hislarim, tuyg‘ularimni
Bag‘ringga topshirdim, oqligingdanmi?!
Ezgulikka hamroh, pokligingdanmi,
Hatto yashirmadim qayg‘ularimni.
Buyuk niyatlarni asrab ortmoqlab,
Asrlarga ko‘prik bo‘lgan o‘zingsan.
Gavharga kiprik bo‘lgan o‘zingsan,
Yomonni fosh etib elga, la’natlab.
Qancha qoralasam yuzingni, shuncha–
Yuzimni oq qilding, xolisligimdan.
Elga el, yomonga olisligimdan,
Do‘st bo‘ldik, oppog‘im, o‘la o‘lguncha.
1963
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
49
* * *
Gʻuncha ochilishi sirdir odatda,
Lekin ayamaydi xush bo‘yin, husnin.
Bilmayman, qaysi kun, qaysi soatda
Qalbimga jon bo‘lib o‘rnashgan isming.
Bilmayman, yaxshisi, so‘rama hech vaqt,
Bilmayman, qaysi kun, qaysi soatda –
Menga ilashgan bu uqubatli baxt,
Bilmayman, qaysi kun, qaysi soatda.
Go‘yo u tug‘ilib, birinchi marta
Eshitgan so‘zimdek olis, qadrdon.
Ko‘zimga gohi nur, goh bo‘lib parda,
Goh olg‘a yetaklab, goh qo‘yar yo‘ldan,
Bilmayman, yaxshisi, so‘rama hech vaqt...
1963
* * *
Hatto uyqusida xo‘rsinsa qizim,
Dilim zirqiraydi, ranjigan balki.
Dimog‘imni tutib nafasiga jim,
Gʻuncha lablaridan izlayman kulgi.
O‘pibo‘pib uni qilaman huzur,
Pedagogika ham qolar bir yonda.
Hech qanday aqlga bo‘ysunmas bir zo‘r,
Quyosh parchalari kezadi qonda.
Ishonchimni yuklab mehrim bo‘yniga,
Baxtiyor sho‘ng‘iyman hislar qo‘yniga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
50
QALB
Har narsaga kuyma, deyishar menga,
Kuymagan yurakni nima qilaman.
Ortiqcha yuk qilib uni tanaga,
Yonmagan yurakni nima qilaman.
Menku, shoir axir, har bir inson ham,
Bebaxtdir qalbining qo‘ri bo‘lmasa.
Chiroq ardoqlanmas edi dambadam,
Parpirab yonmasa, nuri bo‘lmasa.
1964
* * *
Yillar hatto sochdan rangni o‘chirdi,
Husnga tashladi nursiz bir soya.
Ammo xayolingga yetmayin kuchi,
O‘zimga butunlay berdi nihoyat.
Lekin sen cho‘chima, o‘ylaringni men,
Faqat o‘n sakkizda turib eslayman.
Faqat o‘n sakkizda yurib izlayman,
O‘n sakkiz yoshdagi yo‘llaringni men.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
51
SOCH
Oshiq bo‘lgan unga nene yigitlar,
Shoirlar to‘qigan g‘azal, dil yoqib.
Tundek kokillardan bag‘ri tutaqib,
O‘rtanib kuylashgan yoniq baytlar.
Ayollik husniga xo‘p yarashadi,
Qizlik nazokati u bilan mayin.
Noz bilan orqangga tashlab atayin,
O‘tganda ko‘rganning aqli shoshadi.
Sochim uzun bo‘lsa, tim qora bo‘lsa,
Orqamda to‘lg‘anib tursa yurganda.
Mayliydi, qo‘llarim tolsa o‘rganda,
Mayliydi, qiynalib tik turib yuvsam.
O‘tgan ham, ketgan ham qarasa qayta,
Qizchalar tortqilab qochishsa suyib.
Yigitlar termilsa ko‘zlari kuyib,
Ba’zan ko‘chasidan o‘tgan paytimda.
Yuz xil turmaklardim, lekin qirqmasdim,
Ishda xalal bersa, chulg‘ardim boshga.
Yorimning dilini solib otashga,
Yuz xil turmaklardim, lekin qirqmasdim.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
52
* * *
She’r kayfi kun bo‘yi qildi betoqat,
Dilim g‘ijimlanib tunni kutardim.
Ayollar taqdiri ba’zida g‘alat,
Bekalik qismati ne kunduzlarni
Qonunga chap berib yulib o‘tadi.
Pinhoniy kutaman sokin, jim tunni,
Oftobni kutganday intiq, intizor.
Olis-olislardan tashlab to‘rini,
Olisolislardan tun qanot yozar.
Kela qol, kamtarin, kamsuxan do‘stim,
Oppoq qog‘oz uzra to‘k sochlaringni.
Kela qol xayolkash, sirdosh dastgohim,
Yoza qol, yoza qol qulochlaringni.
Qalbi o‘t, o‘zi gung, sodda oshig‘im,
Kela qol, oftobday hislarim to‘kay.
1964
* * *
Gullarga termilib ba’zan yuzingni
Tasavvur qilardim qalbda yashirin.
Balki shundanmikan, ko‘zimga, qizim,
O‘tdek yonishingning sababi, siri.
Qora ko‘zlilarga boqib suq bilan
Shunday bo‘lsa derdim yonib, entikib.
Labingni izlardim, atir gulining
Olov g‘unchasiga ko‘zimni tikib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
53
Qalbu fazilatni yig‘ib ko‘plardan
Bir inson yasardim mukammal, ulug‘.
Bilaman, onalar xayoli har vaqt
Yuksak tilaklarga, orzuga to‘liq.
Toza vijdon bilan, sodda qalb bilan,
Ardoqlab o‘stirsam, seva bilsam chin.
Iloji yo‘q, shu xislatlardan
Yuragingga tushmasdan uchqun.
1964
* * *
Romanlar, azizlar, aql o‘rgatmang,
Aql o‘rgatsangiz keladi g‘ashim.
Garchi chorak asr umrimdan shodman,
Leksiya tinglashga yetgan bardoshim.
Siz faqat qalbimga gapiring deyman,
Ishq izhor etganday shivirlab sekin.
Gapiring, tunlari bedor tinglayman,
Ko‘zimga ko‘z tikib o‘rgatmang lekin.
Gapiring, qo‘shiqday sehrli, mayin,
Toki sarxush bo‘lib qolay hislardan.
Har kuyga solingu, pand bermang lekin,
Pand bermay yetaklang qutlug‘ izlardan.
Romanlar, azizlar, aql o‘rgatmang,
Aql o‘rgatsangiz keladi g‘ashim.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
54
* * *
Gilos shoxlariga qor qo‘ngan kabi
Shaftoli kiyibdi ko‘ylak pushti rang.
Tantiq shabadaning tutgan asabi,
Novdalar qaddini ko‘tarar arang.
Nafis gulkosalar to‘lg‘anar tinmay,
O‘tkinchi yomg‘irdan yonog‘ida yosh.
Oxir berolmayin shamolga bardosh,
Ariga bol tutdi shoshib, bildirmay,
Quruq vujudini topshirdi yelga...
Shunga o‘xshash ketar chin inson umri,
Ajal yulib olsa – ishqi, ko‘z nuri,
Yuragining tafti qoladi elda.
1964
* * *
Maysa nish uribdi ariq bo‘yida,
Birinchi sevgidek biram beg‘ubor.
Quyoshga talpingan qiyoqlarida
Birinchi sevgining soddaligi bor.
Ko‘rmagan saraton oftobini yeb,
Kuzning to‘zonlarin mutlaqo bilmas.
Bulut ko‘z yoshidan taltayib, ishq deb,
Bahor yellariga yuz tutadi mast.
Maysa nish uribdi ariq bo‘yida,
Birinchi sevgidek biram beg‘ubor...
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
55
* * *
She’rlarim, qalbimdan silqqan qonimsiz,
Dard bilan yozaman ming bir to‘lg‘anib.
Bir parcha o‘t bo‘lib lovillab, yonib,
She’rlarim, qalbimdan silqqan qonimsiz.
Gʻijjak tori bo‘lur yurak o‘sha payt,
Anvoyi ohangga to‘lgan, to‘liqqan.
Hayot sirlarini qatida yiqqan,
Gʻijjak tori bo‘lur yurak o‘sha payt.
Unga kamon bo‘lur hamma go‘zallik,
Goh o‘zga ko‘zida jilolangan baxt.
Goh kuyib, o‘rtanib yozilgan bir bayt,
Unga kamon bo‘lur hamma go‘zallik.
Yaproq shiviri ham tegib o‘tadi,
Yellar qanotida yulduzlar tushar.
Gullar chayqaladi, sayraydi qushlar,
Yaproq shiviri ham tegib o‘tadi.
Kichkina uyimga sig‘adi olam,
Tortishuv, bahslashuv bo‘lur avjida.
Shoirlik baxtidan men mamnun juda,
Kichkina uyimga sig‘adi olam.
She’rlarim, qalbimdan silqqan qonimsiz,
Dard bilan yozaman ming bir to‘lg‘anib.
Bir parcha o‘t bo‘lib lovillab, yonib,
She’rlarim, qalbimdan silqqan qonimsiz.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
56
* * *
Shoxlar ko‘tarolmas o‘zin hosildan,
Tirgovich bo‘lmasa sinib tushardi...
Ayri yelkasiga opichib zilday
Mevalar bexato yetilib pishdi.
Maqtovla o‘rtada ko‘rildi baham,
Qachon ekilganu qachon gul ochgan,
Bog‘bonning qo‘lidan qancha suv ichgan,
Tashakkur aytildi yel, quyoshga ham.
Faqat yotar edi tirgovich chetda
Yaxshilikni tilab, minnatni bilmay,
Nolimay, o‘kinmay va malol olmay
Faqat yotar edi tirgovich chetda.
O, agar mehrdan piyola yasab,
She’rdan may tutmoqning bo‘lsa iloji.
Tirgovichlar uchun iching deb qistab,
Tirgovichlar uchun deb solardim jar.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
57
* * *
Archazor yonida bir tup oqqayin,
Marmar tanasini chulg‘abdi olov.
Quyosh nurlariga chayarkan betin,
Kahrabo yaproqlar yonadi lovlov.
Boshiga ko‘targan yerni o‘psam deb,
Orziqib yellarga tutadi ko‘ksin.
Zumrad yoshligimni qayta topsam der,
Oh, yana bo‘lsam, der, novdalar husni.
Archazor yonida bir tup oqqayin,
Yashashni o‘rgatib turar atayin.
1964
* * *
Sayr qilsangiz, bo‘layin gulzor,
Tinglasangiz, bir bulbuli zor.
Chanqasangiz, muzdek bir chashma,
Bo‘ston bo‘lay, kezing beozor.
Yor yo‘lida muntazir ko‘rsam,
Oydin bo‘lib boshlab kelayin.
Gʻamingizni ayting, olisga,
Olislarga tashlab kelayin.
Ammo do‘stga do‘st bo‘lmasangiz,
Yomon niyat tugsangiz dilga.
Yaxshilarga yo‘latmam sizni,
Cho‘gir bo‘lib yotaman yo‘lga.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
58
* * *
Bulut chiqmasa ko‘kka,
Tiniqligi qaydan bilinur?
Ishq tushmasa yurakka,
Buyukligi qaydan bilinur?
Qish bo‘lmasa, oftob,
Iliqligi qaydan bilinur?
Dil bermasa hijronga tob,
Sodiqligi qaydan bilinur?
1964
* * *
Fikr charchatadi ba’zida, ammo
Dam bersam juda tez o‘tmaslashadi.
Tinchini bermasam u do‘stlashadi,
Pardasin ko‘tarib har muammoning.
Oftob jilosidan ipak qatimlab,
Oyning bilagiga solib arg‘imchoq.
Koinotni zumda nur kabi hatlab
Sirli visoliga ochadi quchoq.
Kunduzi – u quvlar, tun kechalar – men,
Ikkov qo‘shilishib she’rga singamiz.
Shunday yengib keldik g‘aflat, jimlikni,
Bundan bu yog‘i ham shunday yengamiz.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
59
ARCHA
Izzatikrom bilan o‘tqazdik to‘rga,
Shoxlariga osdik zarlik chiroqlar.
O‘rmon nafasini taratib uyga,
O‘n kun yashnab turdi kulib, charaqlab.
So‘ng ko‘mko‘k chiroyli ninachalarin
Ko‘z yoshlari kabi duv to‘kdi birdan.
Yig‘lardi sog‘inib o‘rmon havosin,
Bezor bo‘lgan edi yasama qordan.
Zaminsiz, yog‘insiz, do‘stsiz, hamrohsiz
Bezaklar joniga kirmadi ora.
Badanin achitgan izg‘irin yelsiz,
Issiq xonada u topmadi orom.
1964
* * *
Ko‘zlariga singib ketar vujudim,
Kirmagan tikanning zahrin tortaman.
Unga ozor yetsa, o‘lgan bo‘lsam ham,
Qasoskor, dahshatli bo‘ron bo‘laman.
Dillarga g‘ulg‘ula, suron bo‘laman,
Tinmayman, hayotga yana qaytaman.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
60
* * *
Hayotdan nolisa birov, suymayman,
Ayniqsa, sog‘ bo‘lsa qo‘li, oyog‘i.
Hayot siylar bizni quvonch, baxt bilan,
Ne ajab, bo‘lsa goh alami, dog‘i.
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni
O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar
Rozimasman birov hadya etsa zar.
Gʻamimni aytmasam, toki o‘zganing
Ko‘ngliga bir on ham g‘ashlik solmasam.
Baxtimni do‘stlarga xushnud yoysamu,
Lekin uni hech vaqt yig‘ib olmasam.
Hayot to‘lqinida bir xasdek ojiz,
Uvol atalishga qilmasman toqat.
Umrimning bir oni o‘tmasa beiz,
Xuddi ana shunday yashasam faqat.
1964
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
61
* * *
Qor yog‘ar, qor yog‘ar biram xushhavo
Qor yog‘ar, qor yog‘ar, ayni muddao.
Kelinglar, jo‘ralar, bir dam kezaylik,
Kimki noxush bo‘lsa topgusi davo.
Daraxtlar shoxida, bo‘g‘otlarda qor,
Tarnovlar tishlagan novvotlarda qor.
Yuziga billurdan nafis to‘r tutib,
Qor qo‘ynida jimjit oqadi anhor.
Qor yog‘ar, qor yog‘ar poyandoz bo‘lib,
Qor yog‘ar, qor yog‘ar biram soz bo‘lib.
Qaranglar, jo‘ralar, qizlar yuziga
La’l surib o‘tibdi qor pardoz bo‘lib.
Qor yog‘ar, qor yog‘ar biram xushhavo,
Qor yog‘ar, qor yog‘ar, ayni muddao.
Yuringlar, jo‘ralar, bir dam kezaylik,
Kimki noxush bo‘lsa topgusi davo.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
62
Dostları ilə paylaş: |