Saida ZUNNUNOVA
70
ISHONCH
Birovga ishonib ba’zan pand yeyman,
Lekin tashlolmayman shu odatimni.
Balki,
shu ishonchdir saodatimning
Umri, kelajagi, boisi deyman.
Axir ishonmasa bironta menga,
Sanchgani afzalroq qalbimga tikan.
Shu ishonch
oshiyon qurmagan joyda
Aytingchi, chinakam shodlik bormikan?
1965
QO‘SHIQ
(Halima Nosirovaga)
Hali bola edim, hayron bo‘lardim,
Bosh chayqab tinglashsa ba’zan kattalar.
Lekin nelargadir ko‘nglim to‘lardi,
Nelardir qalbimni etardi talab.
Kecha yig‘latganim uchun ezg‘ilab,
Kuchugimdan uzr so‘rardim sekin.
Qo‘yib yuborardim tillaqo‘ng‘izni,
Nima bo‘lganini bilmasdim lekin.
Bilmasdim, dilrabo o‘sha qo‘shiqdan
Taqdirim dilimga o‘rnashganini.
Bilmasdim, she’r baxti, zahmati shunda,
Kuy bilan ko‘nglimga tutashganini,
Bilmasdim.
1965
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
71
* * *
Yerdan non ushog‘in olganim ko‘rib,
Nega istehzoli kulding, yaxshi qiz?
Dindor o‘yladingmi
sen xayol surib,
Bordiyu, shu ushoq din bo‘lsa agar
Sira ikkilanmay cho‘kar edim tiz.
Yana istardimki, dunyo, ellarga
Yakkayu yagona din bo‘lsa shu non.
Kuymasmidi,
balki dalalar, qirlar,
Abad toparmidi baxtini inson?!
1965
Dostları ilə paylaş: