BAHORNI QARSHILAB
25
Shamol haydab kelgan bo‘lmasin tag‘in
O‘sha tomonlardan uchqur otida?...
Javobsiz bo‘zlashdi uzoq entikib,
So‘ng alamdan yerga ko‘zlarin tikib
Daraxtdan shuvillab to‘kildi birdan,
Bolalardan qochib sho‘ng‘idi yerga.
Yo‘q,
shoshmang, qayga siz?
Yo‘q, shoshmang, to‘xtang!
Bolamdan sizni kim ayirmoqchi, kim?
Uning sho‘xligiga hamroh bo‘lingiz,
Yuzi, sochlarida porlang, qo‘ningiz,
Yo‘q, sizni bulg‘olmas, bulg‘olmas hech kim!
Bugun shuning uchun tashvishda olam,
Notinchdir bog‘rog‘lar, ellar notinchdir.
Notinchdir sayyohlar, giyohlar tamom,
Yaproqlar oshig‘i – yellar notinchdir.
Gullarning labida shubhadan o‘kinch,
Ayniqsa, onalar uyqusi notinch.
Sizning qatrangizga dog‘
tushirsa kim,
Butun tabiatning qahriga mahkum.
Xalqlarning g‘azabi qo‘ymaydi omon,
Xalqning g‘azabidan nima bor yomon?
Yo‘q, shoshmang, tomchilar, oppoq tomchilar,
Bolamdan sizni kim ayirmoqchi, kim?
Uning sho‘xligiga hamroh bo‘lingiz,
Yuzi, sochlarida porlang, qo‘ningiz,
Ko‘zgudek musaffo, o‘ynoq tomchilar.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
26
* * *
Lolalardan
gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, suluv oy keldi.
Chakkasiga qizil gul taqib
Dilbar keldi, go‘zal may keldi.
Novdalarda gullardan marjon,
Tiniq ko‘kda qushlar parvozi.
Yuring, qizlar, yuring, qizlarjon,
Yayrashaylik ko‘ngilni yozib.
Maysalarda yonboshlashaylik,
Shudring yuvsin yuzlarimizni.
Yellar o‘tsin tog‘lardan oshib,
Kiftda olib sozlarimizni.
Binafshalar nozidan yonib,
Chorlar bugun bizni tabiat.
Sabzalardan
baxmal yopingan,
Suv bo‘yida quraylik suhbat.
Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, suluv oy keldi.
Chakkasiga qizil gul taqib,
Dilbar keldi, go‘zal may keldi.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
27
* * *
Ba’zan xayolimga chirmashib olib,
Fikrim, hislarimni qilasan ta’qib.
Xijolat tortaman o‘zimdan gohi,
Gohida quvlayman ko‘zdan nigohing.
Yo‘q, tinchlik bermaysan, qilasan ta’qib,
Yonaman
qarshingda kuyib, tutaqib.
Baxtingni eshitsam, baxtiyordekman,
Gʻamingni eshitsam, gunohkordekman,
Goh o‘zim xo‘rlagan mehring, ishqingga
O‘zim tashnadekman, o‘zim zordekman.
Balki
bu yoshlikning yuza hislari
O‘tganiyu, aql quyulganidan.
Balki ulg‘ayganim sayin yoshligim
Azizroq, shirinroq tuyulganidan.
Balki kurashlarda qoyadek qalbim
Bir sovuq nigohdan egilganidan.
Balki sevishniyu va sevilishni
Yuksak odamiylik deb bilganimdan.
Bilmayman, ishqilib, qo‘ymaysan xoli,
Bilmayman, ne uchun hayot va tole
Shunchalar
murakkab, ba’zida chalkash,
Kechirarmi deya doim ko‘nglim g‘ash.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi