BAHORNI QARSHILAB
29
QOGʻOZ GUL
Tashqarida tinmay bo‘ralaydi qor,
Uy
ichi bahorday, hatto guldonda
Qog‘ozdan yasalgan guldasta ham bor.
Gullari rangbarang, nafis, chiroyli,
Biroq hidlamaydi hech qachon hech kim.
Bahorda yashnamas, kuzda so‘limas,
Suv ham so‘ramaydi havo bo‘lsa dim.
Na shabada o‘par yaproqlaridan,
Na ari bol yig‘ar yonoqlaridan.
Na kapalak qo‘nar, na g‘uncha unar,
Yomg‘ir yuvib o‘tmas changg‘uborini.
Umrida
bilmaydi bulbul zorini,
Subhidam bargida titramas shabnam.
Shoxidan uzmaydi biron gulparast,
Yonidan ming marta o‘tganida ham...
Tashqarida tinmay bo‘ralaydi qor,
So‘nggi xazonlarni uzib, uchirib,
Ninasini qo‘ltiqlab sovuq yuribdi.
Oynadan qarayman, qor uyumidan,
Egilmay chillaning yelquyunidan.
Quyoshni qidirib,
bahorni kutib,
OnaYer issig‘in kiftida tutib,
Nimjon gul novdasi chiqib turibdi.
O‘ylayman, mana bu chinakam umr,
Faqat o‘zini deb, o‘zin avaylab,
Birov havas qilmagan zaif baxtidan
Bir o‘zi quvonib va qilib huzur
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
30
Bir kichik xonaning bo‘lguncha naqshi.
Hayotning qishini, yozini ko‘rib,
Qaynoq
tomirida yonib, jo‘sh urib,
Bir bahor yashagan, yashnagan yaxshi.
1962
* * *
Qancha qalin yog‘sa hamki qor,
Zaminida yotadi bahor.
Ammo sovuq bir so‘z umrbod
Yuragingga bo‘lib go‘yo bod.
Bir yomonni esga soladi,
Arimaydi, shundoq qoladi.
1962
KUZ
Chirt
etib uzildi oltinsimon barg,
Kuz, dedim, rangiga termilib ma’yus.
Yo‘q, dedi, yo‘q, shoir, undaymas, afsus,
Yashash umidini etolmasman tark.
Quyoshga shunchalik oshiqshaydoman,
Ne iloj o‘tida sarg‘aymay, yonmay.
Bugun xazon bo‘lsam mehriga qonmay,
Erta o‘zi bilan bo‘lgum paydo man.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
31
* * *
Bola edim, onam g‘arch tufli kiysa,
Ensam
qotgan edi, esimda hali.
Gʻashim kelar edi sochin bo‘yashsa,
O‘sha g‘o‘r mahalim, go‘dak mahalim.
Bugun oq tolani paypaslab ushlab,
Ko‘zdan yashirolmay hayronman o‘zim.
Oynaga boqdimmi, o‘chakishganday
Darrov shu tolaga tushadi ko‘zim.
Qichqirgim keladi: «Yo‘q, yo‘q, shoshma», deb,
Yoshlikning bariga kelar osilgim.
Bo‘ynimga marjonu, qoshimga o‘sma,
Keladi sochimga gullarni osgim.
Yuragim shuvillab ketadi birdan,
Nahot, bahor o‘tib, kuzak boshlandi...
Shu payt qizim chiqib narigi uydan
Erkalanib kelib menga tashlandi.
Qopqora
ipakdek sochin siladim,
Tarang yuzlaridan o‘pdim, hidladim,
Baxtu sevinchimdan ko‘zim yoshlandi.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi