Saida ZUNNUNOVA
22
* * *
Arg‘uvon gullabdi, oltin sirg‘alar,
Bo‘yidan havoda ajib bir hid bor.
Tinmay g‘o‘ng‘illaydi asalarilar...
Boqaman
tabiat sehriga hayron,
Nahotki arida shunchalik did bor.
Olisdan kelgandir, balki ishqida,
Guldan
gulni tanlab, qidirib, uchib,
Nozik farosat bor go‘yo ishida,
Yashaydi gullarning sharbatin ichib.
Esim tanibmanki, yashash, umrning,
Zavqini sharbatdek mas’ud ichaman.
Bu hayot chiroyli xulqu odatga,
Gulga, fazilatga to‘lgan bir chaman.
Yodimga keladi arg‘uvon, ari,
Yodimga keladi totli asali.
Qiziq bir ahvolga tushib qolaman,
Rangsiz ko‘rinadi yozgan g‘azalim.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
23
* * *
Qor yog‘ar bo‘ralab, osmon ko‘rinmas,
Qor shoshar go‘yoki
yerga tashna, och.
Oxir yulib oldi so‘nggi bargni u,
Olma daraxtini qildi yalang‘och.
Ammo tomiriga jon bo‘lib singdi,
Qon bo‘lib singidi tani, shoxiga.
Xuddi shunga o‘xshar,
zahmati qolib,
Shodlik unutilib ketsa gohida.
1962
* * *
Tonggi jamolidan turfa gullarning
Zavqlanib, baxtiyor kezasan hovling.
Beparvo boqasan yaproqlaridan
Asta ko‘tarilsa shabnamning hovri.
Bilmaysan, bu menman,
gullar bargiga
Seni bir ko‘rmoqqa qo‘ndim dur bo‘lib.
Sezmay qizdirganda berahm oftob,
Baxtli ko‘zlaringga berolmayin tob,
Izimga qaytaman bir hovur bo‘lib.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi