2. O'quv jarayonini maqbullashtirish-kechiktirib bo'lmaydigan masaladir.
3. Ilmiylik ta'limda yangi vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni,
tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo'llashni taqozo etadi.
4. Talaba va o'qituvchining dasturli faoliyati o'quv jarayonidan jamiki ortiqcha
harakatlarini yo'qotishga, yuqori hamjihatlikni ta'minlashga va kerakli
natijalarni qo'lga kiritishga intilishni ta'minlaydi.
5. Ta'limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan
foydalanish
samarasini
belgilaydigan
didaktik
materiallardan
keng
foydalanish-zamonaviy PT ning eng asosiy belgilaridan biridir.
6. O'quv jarayoni uchun moddiy-texnika bazasining maqsadga muvofiqligi —
PT ning navbatdagi belgisidir.
7. O'quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash — PT ning o'z oldiga
qo'ygan natijaviy maqsadidir.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan fikrlar tahlili asosida quyidagicha xulosa
qilish mumkin:
Pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq
xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda
qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan,
faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quv- chilarning
birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Ta'lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo'lib, u o'z rivojlanishida jamiyat
taraqqiyotining
yo'nalishlariga
bog'liq
ravishda
ro'y
berayotgan
aksariyat
o'zgarishlarga muvofiq o'zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta'lim oldida
turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim sohasiga
umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:
moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar;
ta'lim tizimi to’zilishidagi muntazam o'zgarishlar;
ta'lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k.
Shunday qilib yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalar-ta'limga yangi
tartib-qoidalarni kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Biroq ularni
qanday qilib tatbiq etish va amalda loydalanishni bilib olish, aslida, hal qiluvchi
ahamiyatga egadir. Shuning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko'p vaqt
sarflash lozim, ya'ni ta'limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi bilan
o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida
yana ham ortadi. Bu esa pedagogdan o'z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni
talab etadi. Chunki yangi tartib-qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai
sifatida qolib ketadimi, bu narsa ayni o'qituvchiga bog'liq. O'qituvchi o'quv
texnologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo'l- yo'riq olgan,
moslangan, ruhlangan bo'lishi lozim.
Pedagogning ijodiy potensiali uning o'z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga
intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini
takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi-
talabalarni komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi.
Pedagogik jarayonda o'zining yangi g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo
rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o'qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik
ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish
bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda
doimo ma'lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik
izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quv-
tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta'sir usullarining
metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va
takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko'rinadi.
Yangi ta'lim tizimi mazmuniga o'tmishning qimmatbaho ma'naviy qadriyatlarini
kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba'zi birlarini qayta tiklashdan maqsad
o'tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda
rivojlanishning yangi pog'onasiga chiqish demakdir.
Bugun biz yangi ko'rinishdagi ta'lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston
sivilizatsiyasining eng ko'p gullab-yashnagati davridagi, ya'ni VII-XII asrlardagi
inchnat va kasb ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va
fanining asosini ta'lim tashkil etgan, rivojlanishning eng ynqori cho'qqilariga erishish
yo'lida faylasuf va pedagoglarning aniq va konseptual g'oyalari sliakllangan edi.
Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta'lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda
ma'naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. O'sha davr
faylasuflari insonning ma'naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka
mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta'lim
jarayonini shaxsning ma'naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb,
e'tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki
mehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham o'z aksini topgan edi.
Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o'quvchilari uchun mo'ljallangan
qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi.
Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bo'lib ularning mazmuni ushbu soha
hunarmandchiligi bo'yicha mashg'ulotlar va ba'zi bir pandu nasihatlarni o'zida
mujassamlashtirgan.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipda
to’zilgan bo'lib odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh,
payg'ambarlar va lining barcha choriyorlarini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu
hunarmandchilikning Alloh ne'mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadigan
va har bir xatti-harakati yoki lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin
aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa duolar usta-hunarmandlarning
ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi.
Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunar- mandligida o'ziga xos
pedagogik qo'llanma sifatida xizmat qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan
aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'larniz.
O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakllantirish,
yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim
vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi,
ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi. Milliy pedagogika
tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan
biridir.
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va
dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki. bugungi kunda yoshlarni
ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual
sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgarishlar
kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma'naviy-intellektual shakllanish
sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi larbiya mazmuni, usullari
va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va
talabalarning bilimini, iqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi
muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi
bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi
borligini alohida uqtiradi:
1.
O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim
standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi
vazifalar belgilanadi.
2.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-talabalarda bilimlar
yanada kengayadi.
3. Ta'lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan i .hunch va qiziqishlar paydo bo'ladi.
Jahonning ilg'or tajribalari va ko'plab pedagoglar mehnatining natijasi o'laroq,
reyting uslubi bugungi kunning cng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi.
Reyting deganda – baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta
hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha baholash tushuniladi.
Reyting nazoratida test usuli ham samarali qo'llaniladi.
Test deganda aniq vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash hamda sifat
va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini
paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin:
nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;
bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k.
Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan.
Har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlari ballar bilan
ifodalanadi. Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi tarzida
talabaning o'zlashtirishini baholash jarayoni chorak va semestr davomida muntazam
ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o'rganiladigan mavzularning o'quvchi, talabalar tomonidan
qanday o'zlashtirayotganini dars jarayonida muntazam ravishda nazorat qilishdan
iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan qanday o'zlashtirganini muntazam ravishda
dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib,
talabaning bilim darajasini shu fanning har bir niavzusi bo'yicha aniqlab borishni
ko'zda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga
oladi va shu qism bo'yicha talabaning bilimini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq
nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini
oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to'liq o'qitib
bo'lingach o'tilgan mavzular bo'yicha yozma yoki og'zaki usullarda, shuningdek, test
sinovlari shaklida o'tkaziladi. Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo'yicha aniqlanadi.
O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish va diploma oldi amaliyotlari davrida olingan
bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi.
Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy -
siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar
qatoridan o'rin olishi uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan zamonaviy
kadrlarga ham ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy
hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida
o'rin tutadi.
Dasturda e'tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy
yo'nalishlarida shu narsa alohida belgilandiki, ta'lim tizimining yaxlit axborot
makonini vujudga keltirish ta'lim – tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini
ta'minlaydi. Demak, yangi asr- informatsion texnologiyalar asri bo'lishi bilan bir
qatorda ularning o'quv jaryonlariga keng ko'lamda aralashuvini ham ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |