1. Talabalar.
2. Ta'lim va tarbiyaning maqsadi.
3. Ta'lim va tarbiyaning mazmuni.
4. Ta'lim jarayoni yoki didaktikjarayon.
5. Pedagog yoki o'qitishning texnikaviy vositalari.
6. Ta'lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Yuqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos bo'lgani
kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni hal etish
texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har
qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart – sharoitlar hamda bu
faoliyat uchun axborotlar bo'lishi lozimligini taqozo etadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, pedagog – metodistlar hozirga qadar didaktik
masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o'qitish texnologiyasini ishlab
chiqishga e'tibor berishgan. Shu nuqtai nazardan, milliv dastur ijtimoiy buyurtma
sifatida yangi pedagogik texnologiyaga «yangi» so'zining qo'shib ishlatilishi
nazariyachi olimlarimiz va o'qituvchilarni bir qadar o'ylantirib qo'ydi, endilikda
ta'lim – tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini
ko'pchilik anglab yetmoqda. Shunday ekan, pedagogik texnologiyani qanday
yangilash mumkin? E'tiborni yuqorida berilgan pedagogik texnologiyaning
to’zilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta'sirini
ko'rsatadi va ta'lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa
pedagogik texnologiyaning bosh bo'g'ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan
elementlarini, o'z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi, ya'ni
ta'lim tizimini o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy
talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa, deb
belgiladi. Demak, ta'lim-tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning
yangilanishi tabiiydir.
Ta'lim mazmuni davlat ta'lim standartlari (DTS), o'quv dasturlari. darslik va
o'quv qo'llanmalarida o'z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan
sohalari bo'yicha ta'lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas'uliyatli vazifa
vuklatildi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o'z yechimlarini
topishi-milliy dasturni ro'yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog
qo'lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va
qo'llanmalar mavjud bo'lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik
texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan,
o'qituvchi mahoratiga ko'p narsa bog'liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan o'rni
haqida batafsil to'xtalish zarurati tug'iladi.
1.
O'qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta'lim-tarbiya maqsadini aniq va
ravshan belgilashi kerakki, natijada, ma'lum vaqt ichida unga erishishni
ta'minlaydigan didaktik jarayonni to’zish va joriy etish to'g'risida xulosa qilish
mumkin bo'lsin.
2.
O'qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to'g'ri keladigan
o'quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o'quv dasturi bo'yicha chuqur egallashi,
muntazam ravishda o'z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga
mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.
3.
O'qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni
amalga oshirish bilan tanish bo'lishi kerak: bu-birinchidan, jadallashtirish va tabiatan
monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma'lum vaqt doirasida
birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo'llashni talab
etadi. Ta'lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil — talaba (o'quvchi) larning
ma'lum
faoliyatni
o'zlashtirish
tezligi
hisoblanadi.
Ikkinchidan,
o'quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish lozimki, hunda mumkin qadar
talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug'diradigan va ularning aqliy
malakasini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab
beruvchi omillar: ulabalarning o'qishga bo'lgan xohishi, o'quv mehnatiga munosabati
va sog'lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir.
4.
O'qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o'qitishning samarali
shakllaridan foydalana olishi kerak. O'qitishning tashkiliy shakllari to'g'ri tanlanishi
pedagogik tizim elementlarining ma'lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog'liq
ekanligini bildiradi. Bu bog'lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo'lgan tashkiliy
shakllar topish-ta'limda rasmiyatchilikni yo'qotishga yo'l ochadi.
5. O'qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo'lgan talabaning ta'lim mazmuni va
tarbiya ta'sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo
nazorat qilib borishi lozim. Bu to'g'rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni
maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi
elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos bo'lgan texnologik jarayonni amaliyotga tatbiq
qilish bilan bog'liq pedagog mahoratining ba'zi qirralari to'g'risida to'xtaldik. PT ning
ilmiy xarakterga ega ekanligiga e'tiborni qaratgan holda, uning amaliy yo'nalishga
xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo'llash mumkinligini e'tirof etish kerak,
Demak, nazariyani o'quv amaliyoti bilan bog'lash zaruratini anglash pedagogik
texnologiyalarning to’zilmasini aniqlab beradigan bir qator holatlarni belgilashga
imkon beradi:
1. Zamonaviylik ta'lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba- sinovda
tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etishning
majburiyligini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |