216
hisoblanadi, vaholanki, ta‘sischilar sonining ko‗pligi birjangi boshqarishni
qiyinlashtiradi.
Birja a‘zosi deb uning nizom kapitalini shakllantirishda ishtirok etadigan,
a‘zolik badallari yoki birja mulkiga boshqa maqsadli badallar kiritadigan va ta‘sis
hujjatlarida ko‗zda tutilgan tartibda uning a‘zosiga aylangan shaxslarga aytiladi.
Birja a‘zosi belgilangan huquqlarga ega, u:
birja savdosida ishtirok etishi;
birjaning me‘yoriy hujjatariga muvofiq uni boshqarishda qatnashish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish va ta‘sis hujjatlarida ko‗zda tutilgan
hollarda dividend olish;
birja savdosida qatnashish huquqini ijaraga berish (belgilangan tartibda va
faqat bitta yuridik shaxsga).
Birja a‘zolari soni cheklangan bo‗lib, nizom fondi hajmiga va bitta aksiyaning
nominal qiymatiga bog‗liq bo‗ladi. Aksiya birja a‘zosi huquqlaridan foydalanish
imkonini beradi. U birjadagi «joy» bahosini ifodalaydi.
Joy bu – birja a‘zosining
mulkidir. U birja a‘zosi birjadan chiqadigan taqdirda sotib yuborilishi yoki ijaraga
berilishi mumkin. Joyning bahosi Birja qo‗mitasi tomonidan belgilanadi, u talab va
taklifga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, 1991-yil (bahorda) RTXB aksiyalari 2470 ming
so‗mdan (nominali 100 ming so‗m), 1991-yil noyabrida – 7600 ming so‗mdan
sotilgan.
«Tovar birjalari va birja savdosi to‗g‗risida»gi Qonunga muvofiq
O‗zbekistonda ham ikki xil birja toifalari ko‗zda tutilgan:
to‗liq a‘zolar – birjaning barcha seksiyalarida (bo‗lim, bo‗linma) birja
savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan a‘zolar;
to‗liqsiz a‘zolar – mos keluvchi seksiyalarda (bo‗lim, bo‗linma) va
birjaning ta‘sis hujjatlari va birja seksiyalari (bo‗lim, bo‗linma) a‘zolarining Umumiy
yig‗ilishida belgilangan birja savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan a‘zolar.
Dostları ilə paylaş: