218
Jamoat strukturasi, o‗z navbatida, birja a‘zolarining Umumiy yig‗ilish va birja
a‘zolari yig‗ilishida shakllantiriladigan saylanadigan organlar bilan ifodalanadi.
Umumiy yig‗ilish bu – birja faoliyatining ichki qonun chiqaruvchi organi
bo‗lib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
birja va birja savdosiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish; -birja maqsad
va vazifalarini, uning rivojlanish strategiyasini, ichki tartib qoidalarini belgilash; -
ta‘sis hujjatalrini (shartnoma, nizm, savdoqoidalari) tasdiqlash va o‗zgartirish; -Birja
qo‗mitasi yoki kengashi va Taftish komissiyasini saylash va tasdiqlash;
ularning birlamchi tarkibi va strukturasiga qo‗shimcha va o‗zgarishlar
kiritish; -birja faoliyati natijalarini tasdiqlash va foydani taqsimlash; -dividend to‗lash
tartibini, shuningdek, zararlarni qoplash shartlarini belgilash;
birjada joylar sonini belgilash (kamaytirish yoki oshirish) va ularning
a‘zolari uchun kvotalar belgilash;
Birja qo‗mitasining (kengashining) tovar seksiyalarini yaratish (boshqarish),
yangi birja a‘zolarini qabul qilish haqidagi qarorlarini tasdiqlash;
Birja qo‗mitasi (kengashi) va birja personali xarajatlar smetasini tasdiqlash.
Narxlarni kotirovkalash bu – birja narxlarini birja qoidalari bo‗yicha ro‗yxatdan
o‗tkazish va e‘lon qilish.
Birja tovarlari narxini e‘lon qilish sotuvchi va xaridorlar uchun mo‗ljal bo‗lib
xizmat qiladi, ularga navbatdagi birja savdolarida o‗z xulq-atvor strategiyasini ishlab
chiqishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: