222
tomonidan amalga oshiriladi va natijalar albatta darhol e‘lon qlinadi. Narx
kotirovkasi birja savdosi qatnashchilari, ko‗plab ishlab chiqaruvchilar va birja
tashqarisidagi xaridorlar, birjaning faoliyati uchun katta qiziqish uyg‗otadi.
Birja kotirovkalari uzoq muddat davomida narxlar dinamik qatorini ifodalaydi,
bu ulardan bashorat qilish uchun baza sifatida foydalanish imkonini beradi.
Rasmiy
kotirovka – birja kuni uchun tovar bo‗yicha birja kunining yakuniy bosqichida qayd
qilingan narxlarni o‗rtachalashtirish natijasida belgilanadigan umumiy narx alohida
ahamiyatga ega.
Kotirovka spravochnik ahamiyatidan tashqari katta funksional ahamiyatga ham
ega. Masalan, rasmiy fyuchers kotirovkasi har bir birja kunida har bitta pozitsiya
(yetkazib berish oyi) bo‗yicha birjada belgilanadigan umumiy narx sifatida hisob-
kitob (kliring) palatasi mijozlar bilan qayta hisob-kitoblar uchun foydalaniladi.
Ishonchli natijalar olish uchun kotirovka komissiyasi belgilangan qoidalarga
amal qiladi:
1. sotuvchilar, xaridorlar va bitimlar narxining
ayrim keskin farq qiladigan
qiymatlari istisno qilinadi;
2. barcha tovarlar emas, ular bo‗yicha bitimlar sistematik ravishda tuziladigan
ayrim muhim tovarlar kotirovka qilinadi. Bunday tovarlar haqida ma‘lumotlar birja
byulletenining bazasiga kiritiladi. YAngi tovarlarning sistematik paydo bo‗lishida
ular haqidagi ma‘lumotlar ro‗yxatga kiritiladi. U yoki bu tovarlar bo‗yicha bitimlar
uzoq vaqt tuzilmay qolgan hollarda ular ro‗yxatdan chiqarib tashlanadi;
3. kotirovkada hisobga olinadigan partiyadagi tovarlar eng kam hajmi kelishib
olinadi;
4. narxning tovar partiyasiga bog‗liqligini eliminatsiyalash uchun ikkita
usuldan foydalaniladi: narxlar eng ko‗p bitimlar soni amalga oshiriladigan namunaviy
hajm uun beriladi; kotirovka narxi bir nechta
turli hajmlar uchun aniqlanadi;
5. yetkazib berish shartlaridagi farqlar hisobga olinadi, ularga muvofiq partiya
qiymatiga tovarni tashish, sug‗urtalash, o‗rab-qadoqlash va hokazolar yoki kiritiladi
yoki kiritilmaydi.
223
Kotirovka quyidagi axborotlardan iborat bo‗ladi: rasmiy kotirovka, sotuvchi
(taklif narxi) va xaridorning (talab narxi) maksimal va minimal narxi, kun (davr)
narxlari; kun davomidagi birinchi va oxirgi bitimlar narxi (narx keskin o‗zgargan
oraliq nuqtalar ham ko‗rsatilishi mumkin); o‗tgan kunlar bilan taqqoslaganda
birjaning ochilish va yopilish paytidagi narxlar.
Mos keluvchi rasmiy kotirovka har bir pozitsiya (yetkazib berish sanasi)
bo‗yicha oxirgi savdodan oldingi 30-60 kun davomida
qayd qilingan maksimal va
minimal narxlarni o‗rtachalashtirish yo‗li bilan hisob-kitob qilinadi.
Namunaviy (spravochnik) tovar narxi barqaror bo‗lmagan bozorda, narx va
unga ta‘sir etuvchi omillar keng doirada belgilanadi. Namunaviy narx sotish
shartlarida namunaviy sotuv hajmida tovar birligi qiymatini aks ettiradi. Bu eng
haqiqiy narx, chunki u tasodifiy narx shakllantiruvchi omillar ta‘sirini istisno qiladi.
Bitimlar soni ko‗p bo‗lganda namunaviy narx bitimlarning o‗rtacha narxsi sifatida
aniqlanadi, chunki qatta sonlar qonuni bo‗yicha chetga og‗ishlar bir-birini qoplaydi.
Kam sonli bitimlar bo‗yicha namunaviy narx barcha narx shakllantiruvchi omillarni
(talab
va taklif nisbati, qatnashchilar soni, hisob-kitob shartlari, transport vositasida
tashish shartlari), avvalgi birja kuni (davri) namunaviy narxining yangi tuzilgan
bitimlar narxiga muvofiqligini hisobga olgan holda chiqarilishi lozim. Zarur
axborotlar yo‗q bo‗lgan hollarda namunaviy narx chiqarilmaydi.
Kotirovka asosida jadval ko‗rinishidagi birja byulleteni tuziladi. Barcha narxlar
tovar birligi bo‗yicha beriladi.
Birja kotirovkalari, jumladan, fyuchers kotirovkalari
mos keluvchi birjalar, yetakchi gazetalar, birinchi navbatda, ishbilarmonlik nashrlari
tomonidan muntazam chop etiladi.
Nashrlar optimal strukturasi quyidagicha: fyuchers kotirovkalari, real tovar
narxi va barcha asosiy tovarlarga opsionlar kotirovkalari keltiriladi.
Birja
kotirovkalarining birinchi grafasida tovar yetkazib berish yoki olish mumkin bo‗lgan
uchta oy; ikkinchi grafada – birja ochilishidagi narx; uchinchi grafada – kun
davomida ro‗yxatga olingan maksimal kotirovka; to‗rtinchi grafada – minimal
kotirovka; beshinchi grafada – birjada hisob-kitob uchun foydalaniladigan narx
(qoidaga ko‗ra, birja yopilishidagi narx), kun davomida narx o‗zgarishi, bunda «+»
224
belgisi kotirovkaning o‗sishini, «-» belgisi esa – pasayishini anglatadi;
ettinchi va
sakkizinchi grafada shu yetkazib berish muddatida tovarni kotirovka qilish paytidagi
maksimal va minimal narx qiymati ko‗rsatkichlari; to‗qqizinchi grafada – ochilgan
shartnomalar soni ko‗rsatiladi. Grafalar ostida alohida satrda kun davomida bitimlar
taxminiy soni va barcha yetkazib berish muddatlari bo‗yicha ochilgan shartnomalar
soni keltiriladi.
Narx kotirovkasidan tashqari birjada maxsus ekranda va monitorlarda ushbu
birja kuni uchun yakuniy bo‗lmagan joriy narx axboroti muntazam chiqarilib turadi.
Dostları ilə paylaş: